Koʻmir aksiyadorlik birlashmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"KOʻMIR" AKSIYADORLIK BIRLASHMASI — Oʻzbekistonda yirik koʻmir qazib olish va sotish aksiyadorlik birlashmasi. Boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. "Oʻzbekenergiya" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Dastlab 1927 yilda "Oʻrta Osiyo koʻmir" ("Sredazugol") kti nomida tashkil etilib, Oʻrta Osiyo respubli-kalaridagi barcha koʻmir konlarini boshqargan. 1994 yil dan hozirgi aksiyadorlik birlashmasi. Qoʻngʻir koʻmir, tosh-koʻmir, toshkoʻmir briketlari, yer os-tida koʻmirdan gaz, boyitilgan kaolin va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Birlashma tarkibida koʻmir qazib oluvchi "Angren", "Apartak" ochiq konlari, 9-shaxta, "Shargʻun", "Boysun" shaxtalari, "Yerostigaz" styasi va 20 ga yaqin korxonalar, tashkilotlar, ak-siyadorlik jamiyatlari bor. Birlash-mada 2001 yilda jami 2711 ming t koʻmir (2619 ming t qoʻngʻir koʻmir, 92 ming t toshkoʻmir) qazib olindi, 47 ming t koʻmir briketlari, 63 mln. m3 yer osti gazi ishlab chiqarildi. Birlashmada 10 mingga yaqin kishi mehnat qildi (2001). 1996 yil dan buyon AQSH, Yaponiya va Germaniya firmalari shartnoma asosida kon uskunalari yetkazib bermokda. Birlashma tarkibida Oʻzbekiston — Germaniya "Kaolin" qoʻshma korxonasi tashkil etilgan. 1999 yilda yiliga 200 ming t boyitilgan kaolin ishlab chiqaruvchi fabrika ishga tushdi. 2001 yilda 10,1 ming t kaolin eksport qilindi.

Hamroqul Xursanov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil