Koʻl temir rudasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'l temir rudasidan yoʻnaltirildi)

Koʻl temir rudasi - koʻllarning tubida hosil boʻladigan temirli jinslar. Koʻlga suv bilan oqib kelgan gil holidagi temir birikmalarining choʻkishidan hosil boʻladi. Mineral tarkibi, asosan, limonit (HFeO2nH2O) dan iborat. Eng avval vodorod sulfid (H2S) gazi koʻplab hosil boʻladi va u kolloid holatdagi temir birikmasi bilan qoʻshilib, temir disulfid (pirit)ni hosil qiladi. Koʻl temir rudasir. boshqa yoʻl bilan paydo boʻlgan temir rudasidan oʻzining tarkibida oltingugurt borligi bilan ajralib turadi. Koʻl temir rudasir., odatda, mayda dumaloq donali tuzilishda tuproqsimon yumshoq yoki qoʻngʻir temirtosh va gil minerallari bilan biriktirilgan zich holda uchraydi. Qatlamlar, qatlamchalar va linzalar shaklida tuplanadi. Koʻngʻir, toʻq qoʻngʻir, qizgʻish yoki sariq rangli boʻladi. Tabiiy boʻyoq olishda foydalaniladi. Sanoat ahamiyatga ega boʻlmagan Koʻl temir rudasir. Oʻzbekistonning quyi yura, boʻr va neogen yotqiziklarida tarqalgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil