Koʻktirnoq yarim oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'ktirnoq yarim orolidan yoʻnaltirildi)

Koʻktirnoq yarim oroli - Orol dengizining shimoliy qirgʻogʻidagi yarim orol Qozogʻiston Respublikasida joylashgan. Orolning qurishi tufayli yarim orol yon bagirlari ochilib, kuchli eroziyaga uchragan. Koʻktirnoq yarim oroli dengiz chigʻanoklari aralash qumlardan tuzilgan. Qirgʻoqdan 3 km uzoqlikda supasimon togʻlar (bal. 300 m gacha) boshlanadi. Ular strukturali, jinslar yotiq holatda joylashgan. Qoʻngʻir tuproqlarda biyurgʻun va toshbiyurgʻun tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi. Dengizning qurishi tufayli hududda ekologik vaziyat murakkablashgan. Shamol harakati, tuzlarning suv chekingan joylardan uchib chiqishi, yon bagʻirlarda eroziya jarayonini rivojlanishi yarim orol tabiiy muhit holatini jiddiylashtirmoqda.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil