Koʻksulton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'ksultondan yoʻnaltirildi)

Koʻksulton (Prunus nachichevanica S. Kudr.) — raʼnoguldoshlarga mansub mevali daraxt, xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan ertapishar olxoʻri navlaridan biri. Koʻchati oʻtqazilgach, 4-yili hosilga kiradi, daraxti balandligi 5 m cha, shoxshabbasi yumaloq-oval. Barglari mayda. Aprel boshlarida gullab, iyunda pishadi. Mevasi 22—26 g, eti sargʻish, nordonchuchuk; danagi etidan yaxshi ajralmaydi; 10 yillik daraxti 100 kg gacha hosil beradi. Mevasi yaxshi saqlanmaydi. Oʻzbekistonning hamma hududlarida oʻstiriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil