Koʻk gumbaz masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'k gumbaz masjididan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Koʻk gumbaz masjidi, Abdul latif masjidi — Oʻratepa (Tojikiston)dagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr urtalari). Shayboniyxon sulolasidan, Movarounnahr hokimi Abdullatifxon (154051) nomi bilan bogʻliq. Old tomonidagi chuqur ravokli peshtoq (bosh tarzidagi) orqali gumbazli xonaqohga kiriladi. Ikki yon qanotida gʻishtin ustunli, ravokli, gumbazli galereya (xonalar) joylashgan.

Peshtoq va poygumbaz sirtida uyma koshinkor bezaklardan foydalanilgan. Ichki gumbaz osti bagʻallariga mayda ravoqchalar ishlangan. Xonaga yorugʻlik mayda tuynuk ravoqchalar orqali tushadi. Mehrobi serjilo, muqarnasli naqshlarga boy. Izoralari 2 xil rang koshin bilan qoplangan. Xonaqoh devorlariga chuqur ravoqlar ishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil