Koʻk choy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'k choydan yoʻnaltirildi)
Ushbu maqola ichimlik haqidadir. Musiqa guruhi uchun Koʻk choy (guruh) maqolasiga qarang.

Koʻk choy — choy oʻsimligining pishib yetilmagan yosh barglaridan tayyorlanadigan choy. Tabiiy rangi hidini saqlaydi. Choy barglariga deyarli ishlov berilmaydi, faqat qaynoq bugʻ bilan bugʻlanadi. Bugʻlangan barglar quritilgach, maxsus usulda naycha tarzida buram beriladi va choy qadoqlash fabrikalariga yuboriladi. Koʻk choy xushboʻy, chanqoqni yaxshi qondiradi, baʼzi kasalliklarga (mas, qon bosimi oshganda) davo sifatida damlab ichiladi.[1]

Uch turli vaqtdagi koʻk choyning tasviri (chapdan oʻngga): damlangan yapiroqlar, qurgʻoq yapiroqlar va suyuqlik.
Xitoyda choy oʻsirish.

Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilgi maʼlumot boʻyicha koʻk choyni ishlab chiqrish va eksport qilish.[2]
Mamlakat Ishlab chiqarish Eksport
 Xitoy 782.4 (80.8 %) 218.7 (83.0 %)
 Yaponiya 91.8 (9.5 %) 1.6 (0.6 %)
 Vietnam 66.0 (6.8 %) 26.0 (9.9 %)
 Indoneziya 20.0 (2.1 %) 9.1 (3.5 %)
Butun jahon 968.1 (100 %) 263.5 (100 %)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „ТЕКУЩЕЕ ПОЛОЖЕНИЕ И СРЕДНЕСРОЧНЫЕ ПРОГНОЗЫ“. Межправительственная группа по чаю, Продовольственная и сельскохозяйственная организация (май 2008). [sayt ishlamaydi]