Kuzgi tunlam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'k Qurt Tunlamidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Kuzgi tunlam (Agrotis segetum Schiff.), koʻk qurt tunlami —tunlamlar turkumiga mansub zararkunanda kapalak. Koʻzgi ekinlar, gʻoʻza, qand lavlagi, kungaboqar, makkajoʻxori va boshqa (150 turdagi oʻsimliklar) maysalarini zararlaydigan xavfli zararkunanda.

Afrika, Yevrosiyo, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda gʻoʻza (35% gacha), makkajoʻxori maysalariga (12—18%), beda, kungaboqarga, begona oʻtlardan shoʻra, pechakoʻt va boshqa ga katta zarar yetkazadi. Qanotlari yoyilganda 34–45 mm. oldingi qanotlari och-qoʻngʻirdan qoramtir tusgacha. Tuxumi sutsimon oq; 2—3 kun oʻtgach, ularda qizgʻish doirachalar paydo boʻladi, qurtlari chiqishidan oldin esa tuxumi qorayadi. Qurtlari tuproqning 10—25 sm chuqurligida qishlaydi. Yiliga 3— 4 avlod beradi. Kishlab qolgan avlod kapalaqlari samarali harorat yigʻindisi 550° boʻlganda (gʻumbagining rivojlanishi uchun harorat 10° dan kam boʻlmasligi kerak) uchib chiqadi. Kapalaklarning eng koʻp uchib chiqishi va juda koʻp miqdorda tuxum qoʻyishi havo harorati 12—20° boʻlganida kuzatiladi. Tuxumlarini tarqoq holda oʻsimlik bargining orqasiga qoʻyadi. 4—15 kundan keyin tuxumdan chiqadi, ular kunduzi tuproqda yashirinib yotadi, tunda yuzaga chiqib, maysa va yosh niholdar tanasi, kurtagi, nishini kemiradi, barglarini tyoshib tashlaydi.

Kurash choralari : begona oʻtlarni yoʻqotish; koʻzgi shudgor; kapalaklar uchishi boshlanishi koʻzatilgan dalalarga trixogramma tarqatiladi, feromon tutqichlar qoʻyiladi, 1 feromon tutqichga bir kechada 15—20 kapalak tushsa kimyoviy preparatlardan zolon — 2,5—3 l/ga, detsis — 0,7 l/ga va boshqa insektitsidlar eritmalari purkaladi.

Sulton Apimuhamedov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil