Koʻhiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'histondan yoʻnaltirildi)

Koʻhiston (fors. — togʻlar oʻlkasi) — Afgʻonistondagi Panjsher — Kobul daryolari xavzasida joylashgan tarixiy viloyat. Asosan, tojiklar, xazoralar, afgʻonlar va boshqa yashaydi. Qadimda K.dan Hindiston va Xitoyga boruvchi karvon yoʻli oʻtgan. K. oʻzining kumush konlari bilan mashxur boʻlgan; oʻrta asrlarda yarim mustaqil mahalliy xonlar tomonidan boshqarilgan. K. aholisi istilochilarga (arablar, moʻgʻullar) qarshi faol kurashgan. Ingliz-afgʻon urushi (1838— 42) davrida K.lik qoʻzgʻolonchilar Parvon (1840) va Chorikor (1841) yonida ingliz qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratishgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil