Kluj-napoka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kluj-napoka - Ruminiyaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. Kluj judetsining maʼmuriy markazi. Samesh daryosi sohilida joylashgan. Mamlakatning yirik sanoat va muhim madaniy markazi. Aholisi 332,5 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (asosan, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish) va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Toʻqimachilik, koʻn poyabzal, mebel, kimyo, tamaki, chinni, keramika, farmatsevtika, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Un-t (1872 yildan) va boshqa oliy oʻquv yurtlari, Ruminiya FA ning filiali va boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari, tarix, etnografiya va badiiy muzeylar, botaniqa bogʻi bor. K. qadimgi qalʼa oʻrnida vujudga kelgan. Dastlab 1173 yilda tilga olingan, 1316 yildan shahar. Meʼmoriy yodgorliklaridan San-Mixail cherkovi (14—15-asrlar), universitet binosi (19-asr) va boshqa saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil