Kliring

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kliring (ing. clearing, clear — tozalash, ravshanlashtirish) — mamlakatlar, kompaniyalar, korxonalar oʻrtasida bir-biriga yetkazib berilgan, sotilgan tovarlar, qimmatli qogʻozlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisoblar yoʻli bilan toʻlovlar balansi shartlari asosida naqd pulsiz hisobkitoblar. Banklararo K. va xalqaro valyuta K.lari bor. Banklararo K. banklar oʻrtasida hisob-kitoblar oʻzaro pul talablarini hisobga olish yoʻli bilan bajariladi. Rivojlangan mamlakatlarning ichki hisob-kitoblarida chek va veksel K.lari qoʻllaniladi. Valyuta K. almashtiriladigan tovarlar roʻyxati, ularning narxi va yetkazib berish muddatlari belgilangan xalqaro toʻlov shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda valyuta faqat yetkazib berilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar oʻrtasidagi farq miqdoridagina toʻlanadi yoki oʻsha tovardan yana qoʻshimcha yetkazib beriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil