Kontent qismiga oʻtish

Klaudiya Goldin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Klaudiya Goldin
Tavalludi 1946-yil 14-may (1946-05-14) (79 yosh)
Bronks, Nyu-York shahri, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Ish joylari
Akademik rahbarlari Robert Fogel[4]
Mashhur shogirdlari
Mukofotlari
  • Mehnat iqtisodiyoti bo‘yicha IZA mukofoti (2016)[6]
  • „Erwin Plein Nemmers“ mukofoti (2020)[7]
  • Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti (2023)[8]
Veb-sayt Rasmiy sayti

Klaudiya Deyl Goldin (1946-yil 14-mayda tugʻilgan) — amerikalik iqtisodiy tarixchi va mehnat iqtisodchisi. U Garvard universitetida Genri Li nomidagi iqtisodiyot professori hisoblanadi[9][1]. 2023-yil oktyabr oyida u ayollarning mehnat bozori natijalari haqidagi tushunchani rivojlantirgani uchun Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi[10]. U ushbu mukofotni olgan uchinchi ayol bo‘lib, uni yakka holda qo‘lga kiritgan birinchi ayol hisoblanadi[9][11].

U Milliy iqtisodiy tadqiqotlar byurosi (NBER)ning „Iqtisodiyotda gender“ tadqiqot guruhi hamrahbari (Klaudiya Olivetti va Jessica Goldberg bilan birga) hisoblanadi[12]. Shuningdek, u 1989-2017-yillarda NBERning „Amerika iqtisodiyotining rivojlanishi“ dasturi direktori ham bo‘lgan[2].

Goldin asosan ayollar va Amerika iqtisodiyoti tarixiga oid tadqiqotlari bilan mashhur. Bu boradagi eng muhim ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptiv tabletkalarning ayollar martabasi va nikoh qarorlariga ta’siri, oliy ta’limda ayollar va erkaklarning birgalikda ta’lim olishi, ayollarning kasb va oila o‘rtasidagi tanlov tarixi, turmushdan keyin ayollar familiyasining ijtimoiy ko‘rsatkich sifatidagi o‘rni, bakalavr talabalar orasida ayollar sonining ortishi sabablari, ayollar bandligining yangi hayotiy modeli[13].

1990-yilda Goldin Garvard universiteti iqtisodiyot fakultetida doimiy professorlik lavozimi olgan birinchi ayol bo‘ldi[14]. 2013-yilda u Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi prezidenti bo‘lib ishlagan[1].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goldin hamkasbi, Garvard universiteti iqtisod professori Lawrence F. Katz bilan turmush qurgan[15][16].

  1. 1 2 3 [https://scholar.harvard.edu/goldin/biocv „Bio for Claudia Goldin“]. scholar.harvard.edu.
  2. 1 2 [https://www.hindustantimes.com/world-news/who-is-claudia-goldin-winner-of-nobel-economics-prize-2023-101696845353827.html „Who is Claudia Goldin, winner of Nobel Economics Prize 2023?“]. Hindustan Times (2023-yil 9-oktyabr).
  3. [https://scholar.harvard.edu/files/goldin/files/interviewcg.pdf „Interview . Claudia Goldin“]. harvard.edu. Qaraldi: 2024-yil 13-mart.
  4. Lee, Tori. [https://news.uchicago.edu/story/uchicago-alum-claudia-goldin-wins-nobel-prize-research-gender-and-labor „UChicago alum Claudia Goldin wins Nobel Prize for research on gender and labor“]. Chikago universiteti (2023-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
  5. [https://paw.princeton.edu/article/former-princeton-professor-claudia-goldin-wins-nobel-prize-economics „Former Princeton Professor Claudia Goldin Wins Nobel Prize in Economics“]. Princeton Alumni Weekly (2023-yil 9-oktyabr).
  6. „IZA Prize in Labor Economics“. IZA – Institute of Labor Economics (2016). september 8, 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  7. [https://www.nemmers.northwestern.edu/economics/ „The Erwin Plein Nemmers Prize in Economics“]. www.nemmers.northwestern.edu.
  8. [https://www.nobelprize.org/prizes/economic-sciences/2023/press-release/ „The Sveriges Riksbank Prize in Economic Sciences in Memory of Alfred Nobel 2023“]. NobelPrize.org.
  9. 1 2 [https://news.cornell.edu/stories/2023/10/claudia-goldin-67-wins-nobel-prize-economics „Claudia Goldin '67 wins Nobel Prize in Economics“]. news.cornell.edu.
  10. „The Sveriges Riksbank Prize in Economic Sciences in Memory of Alfred Nobel 2023“ (2023-yil 9-oktyabr).
  11. Johnson, Simon; Ahlander, Johan. [https://www.reuters.com/world/claudia-goldin-wins-2023-nobel-economics-prize-2023-10-09/ „Nobel economics prize goes to Claudia Goldin“] (2023-yil 9-oktyabr).
  12. [https://www.nber.org/programs-projects/projects-and-centers/gender-economy/gender-economy-advisory-board-members „Gender in the Economy – Advisory Board Members“]. NBER.
  13. „Bio for Claudia Goldin“. scholar.harvard.edu. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
  14. Alexander, Sophie M.. „Goldin Demystifies Gender Economics“. [[The Harvard Crimson]] (2007-yil 26-aprel).
  15. Kampeas, Ron [https://www.jta.org/2023/10/09/united-states/economics-nobel-awarded-to-claudia-goldin-for-work-on-women-in-the-labor-market „Economics Nobel awarded to Claudia Goldin for work on women in the labor market“] (2023-yil 9-oktyabr).
  16. [https://www.imf.org/en/Publications/fandd/issues/2023/12/PIE-the-inequality-economist „The Inequality Economist“]. IMF.