Kizimkazi masjidi
Masjid | |
Kizimkazi masjidi
Misikiti wa kale wa Kizimkazi Dimbani | |
![]() | |
Mamlakat | ![]() |
Koordinatalar | 6°26′9.96″S 39°27′44.64″E / 6.4361000°S 39.4624000°E |
Mulkdor | Tanzaniya hukumati |
Meʼmoriy uslub | Suaxili meʼmoriy uslubi |
Asosiy sana: 1107
| |
![]() |
Kizimkazi Dimbani masjidi (suaxili tili: Misikiti wa kale wa Kizimkazi Dimbani) Tanzaniyadagi Unguja Janubiy viloyatining Dimbani shaharchasidagi Kusinu tumanida qurilgan[1]. U Zanjibar orolining janubiy qismida joylashgan boʻlib, Sharqiy Afrika sohillaridagi eng qadimgi islomiy inshootlardan biri hisoblanadi[2]. Nomiga qaramay, masjid Kizimkazida emas, balki undan 4,8 kilometr (3 mil) uzoqlikda joylashgan Dimbani shahrida qurilgan (buning sababi, bu ikki qoʻshni qishloqning rasmiy nomlari Kizimkazi Dimbani va Kizimkazi Mtendeni). Saqlanib qolgan kufiy yozuviga koʻra, masjid 1107-yilda qurilgan[3]. Yozuv va ayrim marjondan oʻyib ishlangan bezak elementlari qurilish davriga tegishli boʻlsa-da, hozirgi inshootning asosiy qismi XVIII asrda qayta qurilgan[4].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
19-asrda Kizimkazi masjidining ichki qismi.
-
Kizimkazi masjidi qabristoni
-
Maʼlumotlar yozilgan lavha
-
Kizimkazi masjidi namozxonasi
-
Kizimkazi masjididagi suaxili meʼmorchiligi asosida ishlangan tom
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Antiquities Division“. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ Freeman-Grenville, G. S. P., and B. G. Martin.
- ↑ DE V. ALLEN, J. „THE ‘SHIRAZI’ PROBLEM IN EAST AFRICAN COASTAL HISTORY.“ Paideuma, vol.
- ↑ „Kizimkazi Mosque“. ArchNet. Massachusetts Institute of Technology. 2005-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-sentyabr.