Kitoy yalang qoyalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kitoy yalang qoyalari - Sharqiy Sayandagi togʻ tizmasi. Kitoy daryosi bilan Urik, Onot va Malaya Belaya (Angara havzasi) daryolari orali gʻida. Oʻz. 180 km. Balandligi 2200–2500 m, eng baland joyi — Ospin Toleʼsi togʻi (3215 m). Gneys, kristalli slanets va ohaktosh, granit, ayrim joylar kaynozoy bazaltlaridan tarkib topgan. Alp relyef shakllari uchraydi. Yon bagʻirlari kedroq qaragʻay va tilogʻoch oʻrmonlari bilan qoplangan. Oltin, asbest konlari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil