Kitob belgisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kitob belgisi - 1) kitobning shartli belgisi; kitobning cap (titul) varagʻi pastki chap qismiga nashriyot tomonidan qoʻyiladigan belgi; kitobni joylashtirish, nomma-nom hisobga olish, kitob doʻkonlarining bibliografik ishlarida va boshqa kitob savdosi jarayonlarida zarur boʻlgan bir qator qismlardan tarkib topadi.

Mas: Sh. Shomuhamedovning "Shoh kitob va uning muallifi" risolasiga quyidagi shartli belgi qoʻyilgan: Sh- 4702620201-116 M352(04)-92 qatʼiy buyurtma 91.

Bunda: Sh — mualliflik belgisi (muallif familiyasining yoki kitob nomining bosh harfi); bu ushbu kitobning bibliografik tasviri "SH" harfi bilan boshlanadi, kitobni va uning tasviri yozilgan kartochkani alifbo boʻyicha "SH" harfiga joylashtirish lozimligini koʻrsatadi. 4702620201 — "Kitob nashr qilish uchun adabiyotlarni tasniflashning yagona jadvali"dagi kitobni kitob javonidagi oʻrnini aniqlashga, kitoblarni nomma-nom hisobga olishda guruhlarga ajratishni yengillashtirishga, roʻyxatga olishda va h.k.da yordamchi belgidir; 116 — nashriyot chikargan kitoblarning tartib raqami; M 352 — bu Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa birlashmasining belgisi; 04 — shu nashriyot boʻysunuvchi muassasaning belgisi; 92 — kitobning nashr qilingan yili; qatʼiy buyurtma 91 — shu nashriyotning 91 yilgi rejasidagi kitobning roʻyxatga olingan raqami; 2) kitobning xalqaro standart raqami (ISBN, International standard book number) — xalqaro kutubxonachilik-bibliografik tashkilotlarda roʻyxatga olinadigan nashrlarga beriladigan maxsus belgi; ISBN tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Xalqaro va milliy matbuot agentligi tomonidan har bir kitobni aynan tenglashtirish maqsadida beriladigan ISBN harflardan va defis yordamida 4 guruhga ajratilgan 10 sonli koddan iborat: Mac: 5—635—01092—XKitob Oʻzbekistonda nashr qilingan (Oʻzbekiston davlat kodi 5), Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi tomonidan nashr etilgan (nashriyot kodi 635); kitob sarlavhasi 01092 tartib rakami bilan maxsus roʻyxatdan aniqlanishi mumkin. Oxirgi "X" harfi nazorat belgisi; uning yordamida ISBN toʻgʻri tuzilganligi tekshiriladi. Ayrim kitoblarda ISBN bir nechta berilishi mumkin, bu holda shu davlat nashrining xalqaro raqami koʻrsatiladi.

Turkum (seriyali) nashrlarning Xalqaro standart raqami (ISSN — International standard serial number) ishlab chiqilgan va tasdikdangan. Standartlashtirish boʻyicha Xalqaro tashkilot bilan kelishilgan holda har bir turkumli nashr (uning har bir soni, jildi)ga beriladi, u ham raqamli koddan iborat, maʼlumotlarga mashinada ishlov berishda nashrlarning nomini aynan tenglashtirishga imkon beruvchi 8 rakamdan tashkil topadi.

Mac: ISSN 0235-9715.

ISBN va ISSN EHM yordamida mavjud va yangi olingan nashrlarni hisobga olishni oqilona tashkil etishga imkon beradi, bu, oʻz navbatida, buyurtmalar va ularning bajarilishi, kutubxonalarda kitob berilishini nazorat qilish sifatini oshiradi va h.k.; 3) kitob egasining belgisi; q. Ekslibris.

Hamroxon Mamatraimova.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil