Kontent qismiga oʻtish

Kitab al-Umm

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muqova

Kitob al-Umm (arabcha: كـتـاب الأم) – Bu kitob «shofe'iy» mazhabi asoschidi imom Muhammad ibn Idris ash-Shofe'iy rohimahullohga tegishli. «al-Umm» kitobi o'z asrida «fiqhdagi misli yo'q ajoyib kitob» deb tan olingan. Imom ash-Shofe'iy rohimahulloh kitobni nozik uslub, daqiq ta'bir va kuchli munozara asosida ta'lif qilganlar. U kishi boshqa fiqh kitoblardagiga o'xshab masalalarni birin-ketin bayon qilib ketavermaganlar. Balki, muxoliflarning fikrini ham bayon qilib, hujjat va dalillar keltirganlar. Misol uchun, namoz haqidagi masalalardan birini bayon qilish jarayonida avval mazkur masalaga oid uchta hadis keltiradilar va so'ngra o'z ijtihodlarini bayon qiladilar.