Igor Kistanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kistanov Igor Timofeyevichdan yoʻnaltirildi)

Igor Timofeyevich Kistanov (21-avgust 1954, Toshkent) — balet artisti. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabini tugatgan (1974). 1974-yildan Navoiy nomidagi opera va balet teatrida ishlaydi. Sezar ("Antoniy va Kleopatra") uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Raqs harakatlarida mazmun va badiiy ifodaga alohida eʼtibor qilish, qoʻl va tana harakatlarini toʻgʻri bajarishda raqs tex-nikasini erkin va oson egallash mahorati Kistanov ijodiga xos boʻlib, u spektakllarda, asosan, bosh rollarni ijro etadi.

Eng yaxshi rollari: Qorabotir ("Tohir va Zuhra"), Bambur ("Afsonalar vodiysida"), Zigfrid ("Oqqush koʻli"), Viktor O’Hara ("Uzilgan qoʻshiq"), Konrad ("Korsar"), Shoh Kir ("Toʻmaris"), Nurxonning akasi ("Tanavor"), Chingizxon ("Muhabbat va qilich"), Bazil ("Don Kixot"), Mirzo ("Sevgi tumori"), Abdurahmon ("Raymonda"), Tibalt (Romeo va Julyetta), xon Girey ("Boqchasaroy favvorasi") va boshqa[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil