Kirthar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KirtharPokistondagi togʻ tizmasi, Eron togʻligining janubi-sharqiy chekkasida. Oʻz. 300 km gacha, eng baland joyi 2171 m. Oʻtkir qirrali qoyalarni yuzaga keltirgan ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan. Mussonlar taʼsiridagi gʻarbiy va Shimoli-sharqiy yon bagʻirlari siyrak daraxt-buta oʻsimliklari bilan qoplangan, qolgan qismining landshafti togʻ choʻli va chala choʻldan iborat. Togʻ oldi vohalarida sugʻorib dehqonchilik qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil