Kirill Gotovets

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kirill Gotovets
Gotovets Rockford IceHogs klubida 2015-yil
Tugʻilgan joyi 25-iyun 1991-yil (1991-06-25) (32 yosh)
Minsk, Belarussiya SSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 194 lb (88 kg; 13 st 12 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Kontinental Xokkey Ligasi
Sobiq jamoalar
Dynamo Moscow
Milwaukee Admirals
Rockford IceHogs
Dinamo Minsk
Manitoba Moose
Avangard Omsk
Milliy jamoa  Belarus
NHLga kirish drafti 183-oʻrindagi tanlov, 2009
Tampa Bay Lightning
Jamoalardagi faoliyat 2014—hozirgacha

Kirill Gotovets (talaffuzi: Kril Gotovets) (1991-yil 25-iyunda tugʻilgan) —belaruslik professional xokkey oʻyinchisi. Kirill Gotovets hozirda Kontinental Xokkey Ligasi (KHL) vakili „Dynamo Moscow“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Kirill Gotovets 2010-yilgi IIHF jahon chempionatida Belarussiya milliy erkaklar xokkey terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan edi[1].

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kirill Gotovets 2010-yildan 2014-yilgacha Cornell universiteti xokkey klubida toʻrt yil oʻynagan. Kirill Gotovets „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi tomonidan 2009-yilgi NHL kirish loyihasining yettinchi bosqichida 183-oʻrindagi tanlov asosida tanlandi.

2013-yilning 2-aprelida Kirill Gotovets Philippe Paradis evaziga „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi safiga almashtirildi[2]. Keyingi yili 2014-yil 21-iyulda Gotovets „Blackhawks“ xokey klubi filiali „Rockford IceHogs“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasini imzoladi[3].

„IceHogs“ xokkey klubi bilan ikki mavsumdan soʻng, Kirill Gotovets 2016-yil 28-iyulda Kontinental Xokkey Ligasi vakili „Dinamo Minsk HC“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi[4]. Keyingi 2016—2017-yilgi mavsumda Gotovets klub safida 5 ochko uchun 24 oʻyinda maydonga tushdi.

2017-yil 10-iyulda Gotovets Shimoliy Amerikaga qaytishni tanladi va Kanadaning „Winnipeg Jets“ xokkey klubi filiali „Manitoba Moose“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasiga rozi boʻldi[5]. 2017—2018-yilgi mavsumda Gotovets klub safida 57 oʻyinda maydonga tushib, 13 ochko toʻplagan edi.

2018-yil 28-may kuni Gotovets erkin agent sifatida oʻz shahri klubiga, KHLning „Dinamo Minsk“ xokkey klubiga ikki yillik shartnoma asosida qaytishni tanladi[6].

„Dinamo“ bilan shartnomasi tuzilganidan soʻng, Kirill Gotovets KHLda davom etdi va 2020-yil 12-mayda bir yillik shartnoma asosida Rossiyaning „Avangard Omsk“ xokkey klubiga qoʻshildi[7].

Gotovets „Avangard Omsk“ xokkey klubi safida ikki mavsum oʻynadi. U 2021-yilda Gagarin kubogiga daʼvogarlik qildi, keyin klubni erkin agent sifatida tark etdi va 2022-yilning 2-mayida „Dynamo Moscow“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[8].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gotovets 2014-yilgi IIHF jahon chempionatida qatnashish uchun Belarussiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safiga kiritildi[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga O'yin Gol Assist Ochko Penalti O'yin Gol Assist Ochko Penalti
2007—2008 Yunior Minsk BVL 45 2 8 10 54
2008—2009 Shattuck-Saint Mary’s USHS 54 7 25 32 70
2009—2010 Shattuck-Saint Mary’s USHS 44 8 19 27 73
2010—2011 Cornell universiteti ECAC 34 1 6 7 32
2011—2012 Cornell universiteti ECAC 24 1 7 8 12
2012—2013 Cornell universiteti ECAC 22 0 0 0 12
2013—2014 Cornell universiteti ECAC 32 1 3 4 20
2013—2014 Milwaukee Admirals AHL 1 0 0 0 0
2014—2015 Indy Fuel ECHL 47 7 6 13 35
2014—2015 Rockford IceHogs AHL 12 1 1 2 8 8 1 1 2 2
2015—2016 Rockford IceHogs AHL 62 2 14 16 37 3 0 0 0 0
2016—2017 Dinamo Minsk KHL 24 1 5 6 8 5 0 0 0 2
2017—2018 Manitoba Moose AHL 44 0 3 3 18
2018—2019 Dinamo Minsk KHL 44 0 3 3 18
2019—2020 Dinamo Minsk KHL 61 1 8 9 50
2020—2021 Avangard Omsk KHL 45 1 1 2 12 22 3 1 4 35
2021—2022 Avangard Omsk KHL 42 0 6 6 20 5 0 1 1 0
KHL (jami) 216 3 23 26 108 32 3 2 5 37

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija GP Gol Assist Ochko Penalti
2008-yil Belarussiya U18 9 5 0 4 4 6
2009-yil Belarussiya U18-D1 11 4 1 1 2 2
2010-yil Belarussiya WJC-D1 14 2 0 0 0 4
2010-yil Belarussiya WC 10 3 0 0 0 2
2011-yil Belarussiya WJC-D1 14 5 1 0 1 18
2011-yil Belarussiya WC 14 3 0 0 0 2
2014-yil Belarussiya WC 7 7 0 0 0 6
2016-yil Belarussiya WC 12 7 1 3 4 8
2016-yil Belarussiya OGQ DNQ 3 0 0 0 0
Oʻsmirlar (jami) 16 2 5 7 30
Kattalar (jami) 23 1 3 4 18

Mukofot va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil
KHL
Gagarin kubogi (Avangard Omsk) 2021-yil [10]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. IIHF. IIHF Media Guide & Record Book 2011. Moydart Press, 2010 — 181 bet. ISBN 978-0-9867964-0-1. 
  2. „Kirill Gotovets“. Hockey Database. Qaraldi: 21-aprel 2011-yil.
  3. „Gotovets agrees to one-year deal with IceHogs“. Rockford IceHogs (21-iyul 2014-yil). 2015-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2014-yil.
  4. „Gotovets signs contract to return to Belarus“ (ruscha). HC Dinamo Minsk (28-iyul 2016-yil). Qaraldi: 28-iyul 2016-yil.
  5. „Moose sign Gotovets and Dienes“. Manitoba Moose (10-iyul 2017-yil). Qaraldi: 10-iyul 2017-yil.
  6. „Gotovets returns to Minsk“ (ruscha). Kontinental Hockey League (28-may 2018-yil). Qaraldi: 28-may 2018-yil.
  7. „Avangard sign contract with Kirill Gotovets“ (ruscha). Avangard Omsk (12-may 2020-yil). Qaraldi: 12-may 2020-yil.
  8. „Kirill Gotovets becomes Dynamo Moscow player“ (ruscha). HC Dynamo Moscow (2-may 2022-yil). Qaraldi: 2-may 2022-yil.
  9. „Roster forming - 2014 WM - International Ice Hockey Federation IIHF“. iihfworlds2014.com. 2018-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2014-yil.
  10. „Avangard is crowned 2021 Gagarin Cup Champions“ (ruscha). Kontinental Hockey League (29-aprel 2021-yil). Qaraldi: 29-aprel 2021-yil.