Kirayxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Kirayxon, Kirey (toʻliq ismi Kirey ibn Poʻlat ibn Toʻxta Qiya ibn Oʻrusxon, yevropalik mualliflarda Girey) (? — 1470) — shayboniylaryaen- K. va Jonibek oʻz qabiladoshlari bilan birga Qozoq xonligiga asos solganlar. Abulxayrxon 1446 yil Oq Oʻrdaga qarashli Sigʻnoq, Soʻzoq, Oqqoʻrgʻon, Izganish, Arquqsh.larni bosib oladi; 1457-yil Sigʻnoq yaqinida oyrotlar bilan jangda yengiladi. Undan oldinroq, 50—60 yillarda K. va Jonibeklar Esonbugʻo panohiga qochib, Moʻgʻulistonning Chu va Qoʻziboshi viloyatiga kelib oʻrnashgan edilar. Ularni qaytarmoqchi boʻlib yoʻlga chiqqan Abulxayrxon yoʻlda 1468 yil vafot etadi. K. va Jonibek qabiladoshlari bilan Shayboniyxonning Movarounnahrdaligidan foydalanib, Orol boʻyi yerlariga qaytib, bu yerlarda Qozoq xonligiga asos soldilar. K.dan keyin taxtga uning oʻgʻli Burunduqxon oʻtirgan. Muhammad Haydar "Tarixi Rashidiy"da Qozoq xonligini 1465— 66 yillarda tuzilganini qayd etadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov, Alma-Ata, 1969.

Naim Norqulov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil