Kir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kir, Kichik Kir (? — miloddan avvalgi 401) — Kichik Osiyodagi Lidiya, Buyuk Frigiya, Kappadokiyanit noibi (satrapi) (408 yoki 407—401). Doro II ning ugli. 404 yil birodari Artakserks II Axomaniylar davlatiga podshoh boʻlgach, hokimiyatni qoʻlga olishga harakat qilgan. K. 401 yil katta qoʻshin toʻplab, Artakserks II ga qarshi Sarddan Bobil tomon yurish boshlagan. Ammo Kunaks boʻsagʻasidagi jangda halok boʻlib, qoʻshini magʻlubiyatga uchragan. Bu voqealar Ksenofontning "Anabasis"ida bayon etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil