Kontent qismiga oʻtish

Kingsley Sarfo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kingsley Sarfo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kingsley Kofi Sarfo
Tavallud sanasi 1995-yil 13-fevral (1995-02-13) (31 yosh)
Tavallud joyi Kumasi, Gana
Boʻyi 1.66 m
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo Samarqand
Raqami TBD
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013 Rosengård
2014 BW 90 15 (2)
2014–2017 IK Sirius 71 (9)
2017–2018 Malmö FF 8 (2)
2020–2022 Olympiakos Nicosia 37 (1)
2022 →  APOEL 12 (0)
2022–2025 APOEL 68 (5)
2026– Dinamo Samarqand 0 (0)
Milliy terma jamoa
2017 Gana 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 22-aprel uchun)

Kingsley Kofi Sarfo (1995-yil 13-fevralda tugʻilgan) – ganalik professional futbolchi, Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi Dinamo Samarqand klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[1]. Kingsley 2017-yilda Gana terma jamoasi safida bitta oʻyin oʻtkazgan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Allsvenskan ligasidagi muvaffaqiyatlik oʻyinlarindan soʻng, Sarfo amaldagi chempion Malmö FF klubidan taklif olgan. Malmö klubi Siruis jamoasiga Kingsley transferi uchun 15 million SEK yoki 1,5 million yevro berishga rozi boʻlgan. Sarfoning agenti mijozi faqat Shvetsiya fuqaroligini olish uchun yana bir yil kerakligi sababli Malmöga koʻchib oʻtishga qiziqayotganini va shuning uchun boshqa davlatga koʻchib oʻtishga, shuningdek, UEFA Chempionlar Ligasi futbolida ishtirok etishga qiziqmasligini aytgan[2]. 2017-yil 22-iyunda Malmö FF matbuot anjumanida Sarfo bilan shartnoma imzolanganini tasdiqlagan. Sarfo Malmö safida debyutini 15-iyulda, uning eski klubi Sirius jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Sarfo debyut oʻyinida gol urgan[3]. 2017-yil 1-oktyabrda Sarfo politsiya tergovida gumondor deb eʼlon qilinganidan soʻng, klub tomonidan keyingi xabarnoma berilgunga qadar uning jamoadagi ishtiroki toʻxtatib qoʻyilgan[4][5]. Tuman sudi uni hibsga olmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilganidan soʻng, Malmö FF bilan mashgʻulotlarni davom ettirgan. Sarfo haqida 2018-yil 31-yanvarda yangi ayblovlar bilan yana hibsga olish qarori chiqqan. Malmö FF klubi esa bunga javoban javoban Sarfoning jamoadagi faoliyati toʻxtatilganini eʼlon qilgan[6][7]. Bir nechtavoyaga yetmagan shaxslarni zoʻrlash boʻyicha jinoiy hukm chiqarilganidan soʻng, Malmö FF Sarfoning shartnomasini 2018-yil 12-iyunda bekor qilgan[8].

Olimpiakos Nikosiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarfo ikki yillik tanaffusdan soʻng futbolga qaytgan. 2020-21-yilgi mavsumda Olympiakos Nikosiya futbol direktori unga ikkinchi imkoniyat bergan. U klubdagi birinchi yilida yorqin oʻyin koʻrsatgan va 30 yildan soʻng ligada kuchli oltilikka va kubok finaliga olib chiqqishda muhim hissa qoʻshgan. Uning shartnomasi yaxshilangan, 2023-yilgacha uzaytirilgan va klub sardori etib tayinlangan.

2022-yil yanvar oyida Sarfo APOELga ijara asosida qoʻshilgan va 2022-yil 26-iyunda klubga doimiy transfer asosida qoʻshilgan va uch yillik shartnoma imzolagan[9]. 2025-yil iyun oyida Sarfo shartnomasi tugaganidan soʻng klubni tark etgan va erkin agentga aylangan[10].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Gana terma jamoasi safida 2017-yilda xalqaro miqyosda debyut qilgan[11].

Huquqiy masalalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolalarni zoʻrlashda ayblanganlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 30-sentyabrda Sarfoga qarshi bir marta zoʻrlashga urinish va ikki marta voyaga yetmagan shaxsni zoʻrlash ayblovlari boʻyicha qamoqqa olish talabi qoʻyilgan[12]. Hibsga olish natijasida Sarfo Malmö FF jamoasida oʻynashdan chetlashtirilgan. Bu chetlashtirish 2018-yil 11-yanvarda bekor qilindi va sud jarayoni yakunlanishini kutish uchun toʻxtatib turilgan[13]. 2018-yil 31-yanvarda Sarfo yana Shvetsiya politsiyasi tomonidan besh marta voyaga yetmagan shaxsni zoʻrlashda gumon qilinib qamoqqa olingan[14]. 018-yil 8-iyunda u ikki yil sakkiz oy qamoq jazosiga, 150 000 Shvetsiya kronasi miqdorida jarima toʻlashga va qamoq muddati tugagandan soʻng mamlakatdan chiqarib yuborishga hukm qilingan[15][16].

Haqiqiy haydovchilik guvohnomasisiz haydash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil davomida Sarfo Shvetsiyada bir necha bor haqiqiy haydovchilik guvohnomasisiz mashinasini boshqargan. Shvetsiya qonunlariga koʻra, bu olti oygacha qamoq jazosiga olib kelishi mumkin. Sarfo klub tomonidan hech qanday jazolanmagan[17].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
match played 29 September 2024[18]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok[a] Xalqaro Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
IK Sirius 2014 Superettan 2030––50
2015 Superettan 29520––315
2016 Superettan 29141––332
2017 Allsvenskan 11342––155
Jami 719133––8412
Malmö FF 2017 Allsvenskan 821100–93
Olympiakos Nicosia 2020–21 Kipr Birinchi Divizioni 22151––272
2021–22 Kipr Birinchi Divizioni 15000––150
Jami 37151––422
APOEL 2021–22 Kipr Birinchi Divizioni 1202000–140
2022–23 Kipr Birinchi Divizioni 314405[izoh 1]0–404
2023–24 Kipr Birinchi Divizioni 270004[izoh 1]1—311
2024–25 Kipr Birinchi Divizioni 31004[b]01[c]182
Jami 7356013111937
Umumiy faoliyat statistikasi 189172541311122824
  1. ↑ Includes Svenska Cupen, Cypriot Cup
  2. ↑ Three appearances in UEFA Champions League, one appearance in UEFA Europa League
  3. ↑ Appearance in Cypriot Super Cup
IK Sirius
  • Superettan: 2016[19]
Malmö FF
  • Allsvenskan: 2017[19]
APOEL
  • Kipr Birinchi Divizioni: 2023–24
  • Kipr Superkubogi: 2024[20]
  • Superettan Yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 2016[21][22]
  • Superettan Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi: 2016[23]
  • Allsvenskan Oyning eng yaxshi oʻyinchisi: 2017-yil aprel[24]
  • Kiprda Eng yaxshi XI jamoasi: 2022[25]
  • Pancyprian Futbolchilar Assotsiatsiyasi (PASP) Mavsum jamoasi: 2021–22[26]
  1. ↑ Sarfo, Kingsley „Kingsley Sarfo“. Soccerway. Qaraldi: 2025-yil 23-dekabr.
  2. ↑ „Sirius nobbar MFF:s jättebud på stjärnan“ (sv). Kvällsposten (2017-yil 14-iyun). Qaraldi: 2017-yil 14-iyun.
  3. ↑ Three appearances in CAF Champions League, two appearances and in CAF Confederation Cup
  4. ↑ Appearances in President's Cup
  5. ↑ „Malmö FF:s Kingsley Sarfo begärs häktad misstänkt för våldtäkt mot barn“ (sv). Sydsvenskan (2017-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 10-yanvar.
  6. ↑ „Efter nya anklagelserna: MFF-spelaren nekar till brott“ (sv). sydsvenskan.se (2018-yil 1-fevral). Qaraldi: 2018-yil 5-fevral.
  7. ↑ „MFF-spelaren Kingsley Sarfo anhållen misstänkt för nya våldtäkter“ (sv). HD. hd.se (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 5-fevral.
  8. ↑ „Malmö FF avskedar Kingsley Sarfo“ (sv). hd.se (2018-yil 31-yanvar). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
  9. ↑ „Καταρχήν συμφωνία με Kingsley Sarfo“ (en). APOEL FC. Qaraldi: 2025-yil 25-mart.
  10. ↑ „Forward Kingsley Sarfo leaves APOEL Nicosia after contract expiry“ (en). GhanaSoccernet (2025-yil 15-iyun). Qaraldi: 2025-yil 5-oktyabr.
  11. ↑ „Kingsley Sarfo“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2018-yil 8-iyun.
  12. ↑ „Malmö TR B6623-17 Aktbil 5.pdf“ (sv). Malmö åklagarkammare (2017-yil 30-sentyabr). 2018-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  13. ↑ „Avstängning hävs i avvaktan på den rättsliga processen“ (sv). Malmö FF (2018-yil 11-yanvar). 2018-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
  14. ↑ „MFF-spelaren Kingsley Sarfo anhållen misstänkt för nya våldtäkter“ (sv). Sydsvenskan (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
  15. ↑ „Kingsley Sarfo döms till fängelse för våldtäkt mot barn“ (sv). Aftonbladet (2018-yil 8-iyun). Qaraldi: 2018-yil 8-iyun.
  16. ↑ „Ghanaian Sarfo guilty of rape in Sweden“. bbc.com. British Broadcasting Corporation (2018-yil 8-iyun). Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
  17. ↑ „MFF bestraffar inte Sarfo: "Har fått en ordentlig uppsträckning"“ (sv). Fotbollskanalen.se (2017-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  18. ↑ „Kingsley Sarfo“. Soccerway.
  19. 1 2 „Kingsley Sarfo Profile“. Soccerway. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  20. ↑ „Ghanaian duo David Abagna and Kingsley Sarfo win Cypriot Super Cup with APOEL Nicosia“. Ghanasoccernet (2024-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 2-oktyabr.
  21. ↑ „Sarfo Årets Spelare enligt Spelarföreningen – Föreningen Svensk Elitfotboll - Tillsammans utvecklar vi svensk elitfotboll“ (sv). Svensk Elitefotboll (2016-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  22. ↑ Gyamera-Antwi, Evans „Sarfo named Superettan best Player of the Year“. Goal (2017-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.
  23. ↑ „Kingsley Sarfo Månadens spelare i april – Föreningen Svensk Elitfotboll - Tillsammans utvecklar vi svensk elitfotboll“ (sv). Svensk Elitfotboll (2017-yil 8-may). Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  24. ↑ „Kingsley Sarfo: "Jag har mer att ge" – Föreningen Svensk Elitfotboll - Tillsammans utvecklar vi svensk elitfotboll“ (sv). Svensk Elitefotboll (2017-yil 11-may). Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  25. ↑ „Η ΕΑΚ βραβεύει τους κορυφαίους του 2022“ (el-GR). Ένωση Αθλητικογράφων Κύπρου (2023-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  26. ↑ „Ο ΠΑ.Σ.Π. και οι ποδοσφαιριστές ανέδειξαν τους κορυφαίους της σεζόν 2021/22!“ (en-US). ΠΑΣΠ (2022-yil 12-may). Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.