Kimyoviy ingibitorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kimyoviy ingibitorlar - kimyoviy reaksiyalarni sekinlashtiruvchi yoki toʻxtatib qoʻyuvchi moddalar. Faol markaz yoki faol zarrachalar ishtirokida boradigan katalitik va zanjir reaksiyalarda qoʻllaniladi. K.i. reaksiya jarayonida katalizatorning faol markazlarini toʻsadi yoki faol zarrachalar bilan taʼsirlashib, zanjirni davom ettira olmaydigan nofaol radikallar hosil qiladi va natijada reaksiyaning toʻxtashiga sabab boʻladi. K.i. sistemaga reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasiga nisbatan juda kam miqdorda (10~2— 10 s mol) qoʻshiladi. K.i. nomaqbul jarayonlarni, mas, metallarning korroziyalanib yemirilishini, yoqilgʻi, surkov moylari va oziq-ovqat mahsulotlarining oksidlanishini sekinlashtirish yoki toʻxtatishda keng qoʻllaniladi. Reaksiyalarning sekinlashuvi yoki toʻxtashi K.i,ning miqdoriga, tabiatiga va reaksion muhitga, qoʻshilgan vaqtga, t-raga va K.i. samaradorligiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar borligiga bogʻliq. Korroziya ingibitorlari metallarni korroziyadan saqlash uchun korrozion faol muhitga qoʻshiladi. Ular metall yuzasiga yutiladi yoki metall ionlari bilan qiyin eruvchi birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalar metall yuzasida oʻta yupqa parda hosil qilib, uni himoyalaydi. Mashina detallarini saqlash va tashish vaqtida korroziyadan himoyalash uchun K.i. keng qoʻllaniladi. Metallarni korroziyadan saklash uchun K.i. yoqilgʻi, moy va polimer qoplamalarga ham qoʻshiladi.

Oziq-ovqatga xushboʻy hid beradigan va uning oksidlanishini toʻxtatadigan tabiiy K.i. sifatida zira, zigʻirak, marmarak, mavrak va b. dorivorlar qadimdan ishlatilib keladi. Tabiiy yogʻ va moylardagi ingibitorlar (tabiiy K.i.), mas, tokoferollar yogʻ va moyni tozalash vaqtida yoʻqoladi, shuning uchun tozalangan yogʻ va moyga odatda K.i. qoʻshiladi, xom paxta moyi yoki soya moyi ham shu maqsadda ishlatiladi. K.i.ning taʼsirini boshqa moddalar, mas, sitrat (limon) va askorbat kislotalar kuchaytirishi mumkin.

Polimerizatsiya ingibitorlari monomerlar saqlanganda yoki qayta haydalganda ularning polimerlanishini toʻxtatadi yoki sekinlatadi. Oltingugurt, fenollar, tannin, kanifol, mis tuzlari va b. polimerizatsiya ingibitorlaridir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil