Valliy tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kimr tilidan yoʻnaltirildi)

Valliy tili, uels, kimr tili — Buyuk Britaniyaning Uels yarim oroldagi valliylar tili. Hind-yevropa tillari oilasining kelt guruhiga mansub. Bu tilda 900 mingga yaqin kishi gaplashadi (1990-yillar oʻrtalari). V.t.5—6-asrlardan shakllana boshlagan. Tarixi 3 davrga boʻlinadi: qad. (8—11-asrlar); oʻrta (12—14-asrlar); yangi (15-asrdan). Hozirgi V.t. 4 dialektga ega: 1) gvined (shim.-gʻarbiy); 2) pouis (shim.-sharqiy, markaziy); 3) dived (jan.-gʻarbiy) va 4) gvinet (jan.sharqiy). Adabiy V.t. jan. va markaziy dialektlar asosida yuzaga kelgan. V.t. uchun soʻzda unlilar qorishiqligi, undoshlarning galma-gal kelishi xosdir. Feʼllar tizimi ancha rivojlangan, nomlar tizimi esa sodda. Hoz. vaqtda eski sintetik shaklni yangi, analitik shaklga aylanish jarayoni ketmoqda. Lugʻat tarkibida metin tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. V.t. 20-asr 50—60-yillaridan Uels hududida rasmiy til mavqeiga ega boʻldi (dav-riy matbuot, kitoblar shu tilda chiqadi, universitetda oʻqitish ham olib boriladi). Yozuvi lotin grafikasi asosida.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil