Kimia Alizade
| Kimia Alizade | |
|---|---|
|
Alizade 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavallud sanasi |
1998-yil 10-iyul Karaj, Eron |
| Boʻyi | 185 sm |
| Vazni | 57 kg |
| Sport | |
| Qaysi sport | Taekvondo |
| Medallar | |
|
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medal 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medal | |
Kimia Alizade Zonouziy (forscha: کیمیا علیزاده زنوزی, bulg‘orcha: Кимия Ализаде; 1998-yil 10-iyulda tugʻilgan) — Eronda tugʻilgan, biroq bugungi kunda musobaqalarda Bolgariya nomidan ishtirok etadigan taekvondochi. Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 57 kg vazn toifasida shved sportchisi Nikita Glasnovićni magʻlub etib, bronza medalni qoʻlga kiritgan. Yozgi Olimpiya oʻyinlari medaliga sazovor boʻlgan ilk eronlik ayol[1]. 2014-yil Nankinda oʻtkazilgan Yoshlar Olimpiya Oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 62 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[2][3]. 2015-yilda Londonda oʻtkazilgan Jahon chempionatida 2012 va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni Jade Jonesni magʻlub etib, bronza medal sohibasiga aylangan[4]. Oradan ikki yil oʻtib, 2017-yilgi taekvando boʻyicha Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
2020-yil yanvar oyida Alizade Eronni butunlay tark etib, Yevropaga ketayotganini eʼlon qildi[5]. Oʻzining mamlakatdan qochib ketishini izohlar ekan, sportchi: „Men Eronda yillar davomida kamsitilib, zulm ostida yashayotgan millionlab ayollardan biriman, ular biz bilan yillar davomida oʻynab kelmoqda“, — deya bayonot bergan[6]. Alizade 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridada Eron nomidan ishtirok etmoqchi emasligini, yashab turgan joyi Germaniya nomidan qatnashishni istashini maʼlum qilgan[7]. 2021-yigi Tokio Olimpiadasida musobaqalashish uchun litsenziyaga ega boʻlganidan soʻng, sportchi yakunda Qochqinlar Olimpiada jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Alizade 2022-yilgi taekvondo boʻyicha Yevropa chempionatida Qochqinlar jamoasi tarkibida bronza medalni qoʻlga kiritgan.
2024-yilda u Bolgariya fuqaroligini olib, taekvondo boʻyicha 2024-yilgi Yevropa chempionatida oltin medalga sazovor boʻlgan. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Bolgariya nomidan ishtirok etib, bronza medaliga ega chiqqan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kimia Eronning Karaj shahrida tugʻilgan. Uning oilasi ozarbayjonlardan[8]. Otasi Tabriz yaqinidagi Zonuz shahridan, onasi esa Ardabildan boʻlgan[9]. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan keyingi davrgacha uning familiyasi xato tarzda Zenoorin sifatida qayd etilgan[9].
Taekvondodagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alizade 18 yoshida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 57 kg vazn toifasida shved sportchisi Nikita Glasnovićni magʻlub etib, bronza medalni qoʻlga kiritdi[10]. Uning gʻalabasi sportchini Yozgi Olimpiya oʻyinlarida medal yutgan birinchi eronlik ayolga aylantirdi[1].
Shuningdek, sportchi ayollar oʻrtasida 63 kg vazn toifasida Nankinda boʻlib oʻtgan 2014-yilgi Yoshlar Olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[2][3]. Alizade 2015-yilgi jahon chempionatida London–2012 va Rio-de-Janeyro–2016 Olimpiadalarining ikki karra chempioni Jade Jonesni magʻlub etib, bronza medali sohibasiga aylandi[4]. Oradan ikki yil oʻtib, u 2017-yilgi jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻldi.
2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chogʻida Alizade Qochqinlar Olimpiya jamoasi tarkibida ishtirok etib, eronlik sportchi Nahid Kianini magʻlub qilgan va reytingda birinchi oʻrinda turgan Jade Jones ustidan kutilmagan gʻalabaga erishgan, biroq yakunda bronza medalni qoʻlga kirita olmagan[11].
2022-yilda Alizade 2022-yilgi Yevropa chempionatida Qochqinlar jamoasi tarkibida bronza medalni qoʻlga kiritdi. 2024-yil mart oyida Bolgariya taekvondo federatsiyasi Alizade Taekvondo 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridada Bolgariya nomidan ishtirok etishini eʼlon qildi[12]. Olimpiadadan avval 2024-yil may oyida u Bolgariya nomidan 2024-yilgi Yevropa chempionatida qatnashib, ayollar oʻrtasida 62 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan edi[13]. Parij Olimpiadasida Alizade Olimpiya oʻyinlarida taekvondo boʻyicha ishtirok etayotgan ilk Bolgariya vakiliga aylandi va bronza medalni qoʻlga kiritdi[14][15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 „روز تاریخی زنان ایران در المپیک؛ علیزاده اولین زن مدالآور از ایران شد“. BBC (2016-yil 19-avgust). Qaraldi: 2016-yil 19-avgust.
- 1 2 „Kimia Alizadeh Zenoorin of Iran after Winning Women's 63-kg Taekwondo“. olympic.org (2018-yil 23-aprel).
- 1 2 „Tasnim News Agency - Kimia Alizadeh to Carry Iran's Flag in Youth Olympics“. tasnimnews.com.
- 1 2 „Olympic champion Jones suffers world championship agony“. gbtaekwondo.co.uk. 2015-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Kimia Alizadeh: Iran's only female Olympic medallist defects“. BBC News (2020-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 12-yanvar.
- ↑ „Iran's sole female Olympic medalist says she's defected“. Vasco Cotovio. CNN (2020-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 12-yanvar.
- ↑ „Runaway Iranian athlete wants to compete for Germany in Tokyo“ (en). Reuters (2020-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
- ↑ „در خندوانه کیمیا علیزاده چه گذشت؟“. Varzesh3 (2016-yil 30-avgust). Qaraldi: 2016-yil 30-avgust.
- 1 2 „شفاف سازی نام و اصالت کیمیا علیزاده از زبان پدرشان“. kimiaalizadeh website. 2018-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-avgust.
- ↑ „Iranian Olympian Kimia Alizadeh Says She Has Defected“. NPR. Qaraldi: 2020-yil 13-yanvar.
- ↑ „Kimia Alizadeh misses out on first Refugee Olympic Team medal“. 2021-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
- ↑ „Медалистка в таекуондото от Рио 2016 ще представя България на игрите в Париж“. Dnevnik (Bulgarian newspaper) (2024-yil 27-mart). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Иранката Кимия Ализадех получи български паспорт и ще участва на олимпийските игри“. Dnevnik (Bulgarian newspaper) (2024-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Two Friends Make Olympics History for Iran and Bulgaria“. iranwire.com (2024-yil 9-avgust).
- ↑ „Kimia Alizadeh Secures Bulgaria’s First-Ever Olympic Medal in Taekwondo! - Novinite.com - Sofia News Agency“. www.novinite.com. Qaraldi: 2024-yil 17-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Kimia Alizade“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Rasmiy veb-sayt (Wayback Machine saytida 2020-yil 13-yanvar sanasida arxivlangan)
- Nike sportchisi: Kimyo Alizade
- Kimia Alizade Instagram sahifasi
- Kimia Alizade Telegram sahifasi
Qoʻshimcha manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kimia Alizadeh Zenoorin and Hedaya Wahba lead charge of Muslim women in taekwondo 2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining rasmiy veb-sayti
- 10-iyulda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi taekvondochilar
- 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi taekvondochilar
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi taekvondochilar
- 2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari
- Taekvondo boʻyicha Olimpiada medatchilari
- 21-asr eronlik sportchi ayollari