Kimi Antonelli
| Kimi Antonelli | |
|---|---|
|
Antonelli (2025-yilgi AQSh Gran-prisida) | |
| Tavalludi |
2006-yil 25-avgust |
| Fuqaroligi | Italiya |
| Otasi | Marko Antonelli |
| Imzosi | |
|
| |
| Kimi Antonelli | |
|---|---|
| Millati |
|
| Jamoalar | Mercedes |
| Avtomobil raqami | 12 |
Andrea Kimi Antonelli ( 2006-yil 25-avgustda tug‘ilgan) — italiyalik poyga haydovchisi bo‘lib, hozirda Formula One chempionatida Mercedes-AMG Petronas Formula One Team jamoasi safida ishtirok etadi.
Bolonya shahrida tug‘ilib o‘sgan Antonelli sport avtomobillari poygasi haydovchisi Marco Antonelli ning o‘g‘lidir. Muvaffaqiyatli karting faoliyatidan so‘ng — u 2020 va 2021-yillarda ketma-ket katta yosh toifasida Yevropa chempionatida g‘olib chiqdi — Antonelli keyinchalik yoshlar formulasi poygalariga o‘tdi.
U 2022-yilda Italiya F4 va ADAC F4 chempionatlarida Prema jamoasi bilan ilk chempion bo'ldi. Bundan tashqari, u Italian GT3 musobaqasida poyga g‘olibiga aylandi hamda Formula 4 kubogi bahslarida FIA Motorsport o‘yinlari doirasida Italiya uchun oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shundan so‘ng u Yevropa mintaqaviy formulasi va O‘rta Sharq mintaqaviy formulasi chempionatlarida g‘olib chiqdi. Keyinchalik u 2024-yilgi mavsumida FIA Formula 2 musobaqasiga o‘tib, ikki poygada g‘alaba qozondi va umumiy hisobda oltinchi o‘rinni egalladi.
2019-yildan beri Mercedes yoshlar jamoasi a’zosi bo‘lgan Antonelli 2025-yilgi mavsumda Mercedes formula 1 jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U jamoada Lewis Hamilton o‘rnini egallab, George Russell bilan bir jamoada poygaga tushdi.
Antonelli 2025-yilda 18 yoshida Avstraliya poygasida start olib, Formula One tarixidagi eng yosh uchinchi haydovchiga aylandi. U ilk bor 2025-yilgi Canada poygasida podiumga chiqdi hamda eng yosh eng tez aylanish qayd etgan haydovchiga aylandi. Antonellining Mercedes bilan shartnomasi kamida 2026-yil mavsumi oxirigacha amal qiladi.
Bolalik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Andrea Kimi Antonelli 2006-yil 25-avgustda Bolonya shahrida tug‘ilgan[1] . Uning otasi, Marco Antonelli, sport avtomobillari poygachisi va San-Marino AKM Motorsport jamoasining egasi bo‘lib, ular 2022-yildan beri Italiya F4 musobaqalarida qatnashmoqda[2][3]. U 1993-yilda Antonelli Motorsport jamoasini tashkil qilgan, ular bir qancha GT seriyalarda qatnashgan va 2018-yilda Italiya GT Championatida g‘olib chiqqan[4][5][6] .Uning onasi, Veronica Antonelli, sobiq Italiya pochtasi xodimi va 1997-yildan beri motorsport sohasida ishlaydi, Marco Antonelliga AKM jamoasini boshqarishda yordam beradi[7][8] .Uning Maggie ismli kichik singlisi bor[9]. Antonelli o‘zining o‘rta ismini(middle name) Kimi Räikkönenning ismiga o‘xshash tarzda olgan — u 2007-yilgi Formula-1 jahon chempioni hisoblanadi. Uning otasi o‘g‘liga “Andrea” ismiga qo‘shimcha ravishda chet elcha ism qo‘yishni istagan va shu sababli “Kimi” ismini tanlagan. Shuningdek, u bu ism to‘g‘ridan-to‘g‘ri Räikkönen sharafiga qo‘yilmaganini ham ta’kidlagan[10][11].
U Casalecchio di Reno shahridagi Gaetano Salvemini nomidagi davlat tijorat-texnik institutida o‘qigan. U yerda xalqaro munosabatlar va marketing yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qigan hamda hafta oxirlarida poygaga qatnashish jarayonida ingliz tilida gaplashishni o‘rgangan[12].
Dastlab uning otasi uni Italiyada futbol bilan shug‘ullanishini xohlagan. Biroq Antonelli avtosportga kuchli qiziqish bildirgani sababli, keyinchalik uni karting sportiga yo‘naltirgan[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Andrea Kimi Antonelli – Junior Driver“. Mercedes-AMG Petronas F1 Team. Mercedes-Benz Group. 2024-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
- ↑ Smith, Luke. „Mercedes' next F1 star? Andrea Kimi Antonelli prepares for his next step“. The Athletic. The New York Times (2023-yil 15-dekabr). 2024-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-dekabr.
- ↑ Kaligis, Bas „Team AKM Motorsport by Antonelli is born: partnership with Kart Republic of Dino Chiesa“. KartXpress (2020-yil 4-fevral). 2024-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-may.
- ↑ „Kimi Antonelli: Everything You Need To Know“. Mercedes-AMG Petronas F1 Team. Mercedes-Benz Group. 2024-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-dekabr.
- ↑ „Antonelli Motorsport“. Intercontinental GT Challenge. SRO Group. 2024-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-noyabr.
- ↑ „AKM / Antonelli Motorsport“. International GT Open. 2024-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-noyabr.
- ↑ Guidotti, Maria. «Kimi nel paddock già a un mese Ma non credevo diventasse pilota» (it). Il Giornale. Milan: Società Europea di Edizioni (2025-yil 17-fevral), s. 28–29.
- ↑ Retico, Alessandra. „Kimi Antonelli namlikda uchib ketdi: F1dagi debyutida ota-onasi oldida to‘rtinchi o‘rin“ (it). la Repubblica. GEDI Gruppo Editoriale (2025-yil 17-mart). 2025-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 15-iyun.
- ↑ Monari, Simone. „Kimi, kelajak haydovchisi, litsenziyaga ega emas: "Mening qahramonim Ayrton"“ (it). Repubblica Bologna. la Repubblica (2023-yil 19-oktyabr). 2025-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 15-iyun.
- ↑ Di Marco, Marco „F4 | Antonelli: "Credo in Mercedes, con Loro Arriverò in Vetta"“ [F4 | Antonelli: "I believe in Mercedes, with them I will reach the top"] (it). Motorsport.com. Motorsport Network (2022-yil 20-oktyabr). 2024-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-iyul.
- ↑ Cary, Tom. „Teenage star Andrea Kimi Antonelli: The new Mercedes driver with talent to emulate Lewis Hamilton“. The Daily Telegraph. Telegraph Media Group (2024-yil 31-avgust). 2024-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-dekabr.
- ↑ Nicolao, Lorenzo. „Kimi Antonelli, la foto del pilota dopo il Gp d'Arabia con i libri: "Ho una verifica"“ (it). Corriere della Sera. RCS MediaGroup (2024-yil 11-mart). 2024-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-dekabr.
- ↑ Sparisci, Daniele „Andrea Kimi Antonelli, il papà del pilota: "Allo studio non rinuncia. Gli dicevo: o si va bene a scuola o non si va sul kart"“ [Andrea Kimi Antonelli, the driver's father: "He doesn't give up on studying. I told him: either you do well at school or you don't go karting"] (it). Corriere di Bologna. RCS MediaGroup (2024-yil 18-mart). 2024-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-iyul.