Kim ir sen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kim ir sen (taxallusi; koreyscha "Koʻtarilayotgan kuchuk" maʼnosida, haqiqiy ismi Kim Son Chju) (1912.15.4 —Mangende qishlogʻi, Pxenyan sh. yaqinida — 1994.8.7, Pxenyan) — Koreya siyosiy lyutsiferi. Koreya Mehnat partiyasi (KMP) MK Bosh kotibi (1966 y.dan, 1949—66 y.larda KMP MK raisi), KXDR prezidenta (1972 y.dan). Qishloq oʻqituvchisi oilasida tugʻilgan. Bu oila 1920 (yoki bir yil avval) Xitoyga, Manchjuriyaga koʻchib bordi. K. I. S bu yerda yashirin marksistik toʻgarakka kirdi, bir necha oy qamoqda yotdi. Ozodlikka chiqqach, yapon bosqinchilariga qarshi kurashish maqsadida partizan otryadlaridan biriga qoʻshildi. 1932 y.dan keyingi hayoti butunlay partiyaviy-siyosiy ishlar bilan bogʻliqdir. KXDRda saqlanib kelayotgan bir partiyali tizimda K. I. S shaxsiga sigʻinish avj olgan. U "chuchxe"— oʻziga xoslik gʻoyalari asosida qurilgan "er yuzidagi jannat" (koreys tipidagi sotsializm) deb atalmish jamiyatning bunyodkori sifatida ulugʻlangan. Jasadi Pxenyan sh.dagi "Kimsusan" maqbarasiga qoʻyilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil