Kim Sin-Uk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim Sin-Uk
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-aprel 1988-yil (1988-04-14) (35 yosh)
Tavallud joyi Gwacheon, Gyeonggi, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.96 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lion City Sailors
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2006 Kwachon oʻrta maktabi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009-2015 Ulsan Hyundai 215 (81)
2016-2019 Jeonbuk Hyundai Motors 118 (37)
2019-2021 Shanghai Shenhua 24 (14)
2021- Lion City Sailors 10 (9)
Milliy terma jamoa
2014 Janubiy Koreya U23 3 (1)
2010- Janubiy Koreya 56 (16)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 21-may uchun)

Kim Sin Uk (1988-yil 14-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik professional futbolchi, Singapur Premer-ligasi „Lion City Sailors“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ulsan Hyundai[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kim oʻzining yoshligini markaziy himoyachi sifatida oʻtkazgan, ammo murabbiy taklifiga binoan Ulsan Hyundai bilan birinchi professional shartnomasini imzolaganidan bir necha hafta oʻtgach, u oʻz pozitsiyasini hujumchiga oʻzgartirgan[1]. Avvaliga Kim yangi ampulaga moslashishga qiynalgan, ammo oxirgi paytlarda u Koreya futbol ligasining eng yaxshi hujumchilaridan biri boʻlib, oʻzining munosibligini isbotlamoqda. Uning soʻnggi bir necha yil ichida hujumchi sifatida yaxshilangani uning tobora ortib borayotgan gollari isbotlamoqda.

Kim Ulsanning 2012-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi gʻolibi boʻlishida yordam bergan. Kim o‘zi ishtirok etgan 13 ta o‘yinning barchasida ajoyib oʻyin koʻrsatgan va 6 ta gol urgan[2].

Shanghai Shenhua[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 8-iyulida Kim Xitoy Superligasining "Shanghai Shenhua " klubiga qo‘shilgan va uning Jeonbuk Hyundai Motorsdagi murabbiyi Choy Kang Xi qoʻl ostiga oʻtgan[3]. U „Hebei“ga qarshi liga oʻyinida debyut qilgan[4]. Oʻsha oʻyindan soʻng Kim tezda oʻzini jamoaning ajralmas aʼzosi sifatida koʻrsatgan va u 15 oʻyinda 10 ta gol urgan, klub 2019-yilgi Xitoy FA kubogini yutib olgan[5].

Lion City Sailors[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 15-noyabrda Kim Shanghaidagi shartnomasi tugaganidan so‘ng, Singapur Premer-ligasi „Lion City Sailors“ klubiga uch yillik shartnoma asosida qo‘shilgan[6]. U oʻzining debyutini 2022-yilda Albirex Niigata Singapurga qarshi oʻyinida oʻtkazgan va u yerda oʻzining birinchi golini urgan[7].

2022-yilning 1-aprelida Kim „Dengizchilar“ safida o‘zining birinchi xet-trikini qayd etgan[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kim Janubiy Koreya terma jamoasining 2014-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun terma jamoasiga chaqiruv olgan[9][10]. U 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida shved himoyachilariga qarshi samarali oʻyin oʻtkaza olmagan[11].

2014-yil oktyabr oyida u va uning jamoadoshlari 2014-yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgach, muddatli harbiy xizmatdan ozod etilgan[12].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kim oʻyinlardan oldin Injilni oʻqiydigan dindor nasroniy ekanligi va jamoadoshlari tomonidan „cherkov akasi“ laqabini olgan. U baʼzan vaʼzgoʻylik faoliyatida qatnashgan[13].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

KLub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Ulsan Hyundai 2009 K Liga 23 7 1 1 4 0 5 1 33 9
2010 K Liga 28 7 1 1 5 3 34 11
2011 K Liga 35 8 4 0 8 11 47 19
2012 K Liga 35 13 4 3 11 6 2 0 52 22
2013 K Liga 1 36 19 2 0 38 19
2014 K Liga 1 20 9 2 0 5 2 27 11
2015 K Liga 1 38 18 4 2 42 20
Jami 215 81 18 7 17 14 21 9 2 0 273 111
Jeonbuk Hyundai Motors 2016 K Liga 1 33 7 2 2 12 1 2 1 49 11
2017 K Liga 1 35 10 1 0 36 10
2018 K Liga 1 33 11 2 0 10 6 45 17
2019 K Liga 1 17 9 1 0 7 4 25 13
Jami 118 37 6 2 29 11 2 1 155 51
Shanghai Shenhua 2019 Xitoy Super Ligasi 12 9 3 1 15 10
2020 Xitoy Super Ligasi 4 3 0 0 3 0 7 3
2021 Xitoy Super Ligasi 8 2 0 0 8 2
Jami 24 14 3 1 3 0 30 15
Lion City Sailors 2022 Singapur Premier Ligasi 10 9 0 0 0 0 5 0 1 2 16 11
Karyerada jami 367 141 27 10 17 14 58 20 5 3 474 188

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Janubiy Koreya 2010-yil 3 0
2011-yil 3 0
2012-yil 7 1
2013-yil 9 1
2014-yil 7 1
2015-yil 3 0
2016-yil 4 0
2017-yil 5 3
2018-yil 10 4
2019-yil 4 4
2021-yil 1 2
Karyerada jami 56 16

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ulsan Hyundai

Jeonbuk Hyundai Motors

Shanghai Shenhua

  • Xitoy FA kubogi : 2019

Lion City Sailors

  • Singapur hamjamiyat qalqoni : 2022[14]

Janubiy Koreya U23

  • Osiyo oʻyinlari : 2014-yil

Janubiy Koreya

Shahsiy yutuqlari

  • Koreya Ligasi kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2011[15]
  • K liga 1 eng qimmat oʻyinchisi : 2013[16]
  • K liga 1 eng yaxshi oʻyinchisi : 2013[16]
  • K Liga 1 eng yaxshi toʻpurari : 2015[17]
  • EAFF chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2017[18]
  • Osiyo Chempionlar Ligasi yulduzlar tarkibi aʼzosi: 2018[19]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kim Myung-jo · Kim Shin-wook 'Successful Era'“ (ko). Kyunghyang. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  2. Jeong, Ji-hoon. „Kim Shin-wook, "We can advance to the Round of 16"“ (ko). InterFootball (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2018-yil 9-iyun.
  3. „官宣不停!申花宣布金信煜加盟 与恩师崔康熙重逢“ (zh). Sina Sports (2019-yil 8-iyul). Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
  4. „HEBEI CFFC VS. SHANGHAI SHENHUA 2 - 1“. Soccerway (2019-yil 12-iyul). Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
  5. „申花打破足协杯先主后客夺冠魔咒 并终结尴尬纪录“ (zh). Sina Sports (2019-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
  6. „Sailors sign Kim Shin-wook“. Lion City Sailors (2021-yil 15-noyabr).
  7. „Football: Dream debut for Kim as his brace helps Sailors beat Albirex 2-1 to win Community Shield“. The Straits Times (2022-yil 19-fevral).
  8. „Back with a W!“ (en). Twitter.com. Lion City Sailors. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  9. „https://www.donga.com/news/Sports/article/all/20140623/64572409/1“ (ko). Dong-A Ilbo (2014-yil 23-iyun). Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  10. „https://www.chosun.com/site/data/html_dir/2014/06/27/2014062701234.html“ (ko). The Chosun Ilbo (2014-yil 27-iyun). Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  11. „https://www.spotvnews.co.kr/news/articleView.html?idxno=250471“ (ko). SPOTV News (2018-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  12. „http://star.ohmynews.com/NWS_Web/OhmyStar/at_pg.aspx?CNTN_CD=A0002041308“ (ko). OhmyNews (2014-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 8-iyun.
  13. „http://www.koreadaily.com/news/read.asp?art_id=2608899“ (ko). JoongAng Ilbo (2014-yil 16-iyun). Qaraldi: 2017-yil 24-iyul.
  14. „Football: Dream debut for Kim as his brace helps Sailors beat Albirex 2-1 to win Community Shield“. The Straits Times (2022-yil 19-fevral). „Football: Dream debut for Kim as his brace helps Sailors beat Albirex 2-1 to win Community Shield“. The Straits Times. 19 February 2022.
  15. „http://ufcl.kr/05/read.php?wr_id=551&page=22“ (ko). Ulsan Football Association (2011-yil 14-iyul). 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.
  16. 16,0 16,1 „https://sports.news.naver.com/news.nhn?oid=001&aid=0006630126“ (ko). Naver.com. Yonhap News Agency (2013-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
  17. „https://newsis.com/common/?id=NISX20151201_0010450536&method=“ (ko). Newsis (2015-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  18. „EAFF E-1 Football Championship 2017 Final Japan“. EAFF. Qaraldi: 2020-yil 9-iyun.
  19. „AFC Champions League 2018 Technical Report“. AFC. Qaraldi: 2020-yil 10-iyun.