Kim Jae-ryong
Kim Jae-ryong | |
Shimoliy Koreyaning 12-bosh vaziri | |
---|---|
Bosh vazir
lavozimidagi 2019-yil 11-aprel — 2020-yil 13-avgust faoliyat yillari | |
Prezident | Kim Jong-un |
Oldingi bosh vazir | Pak Pong-ju |
Keyingi bosh vazir | Kim Tok-hun |
WPK Chagang viloyat qoʻmitasi raisi | |
2016-2019-yillarda faoliyat yuritgan | |
Oldingi rais | ? |
Keyingi rais | Kang Bong-hun |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud
sanasi va joyi |
1959-yil
Chagang viloyati, |
Siyosiy partiyasi | Koreya Mehnat partiyasi |
Kim Jae-ryong (1959-yilda tugʻilgan) — Shimoliy Koreyalik siyosatchi. U 2019-yil aprelidan 2020-yil avgustigacha Shimoliy Koreya bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Kim Jae-ryong Koreya Mehnat partiyasi aʼzosi va bu partiyada ancha katta siyosiy mavqega erishgan shaxs hisoblanadi. Shuningdek, Kim Jae-ryong Tashkilot va yo‘l-yo‘riq departamenti direktori va Oliy xalq assambleyasi deputati lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kim Jae-ryongning dastlabki ish faoliyati haqida nisbatan kamroq maʼlumotlar mavjud. Bosh vazirlik lavozimiga kelguniga qadar Kim Jae-ryong turli sanoat korxonalarida siyosiy rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Taxminan 2007-yilda u Koreya Mehnat partiyasi (WPK) Shimoliy Pyongan viloyat qoʻmitasi kotibi sifatida oʻzining birinchi muhim lavozimiga tayinlangan. Kim Jae-ryong 2015-yilda WPK Chagang viloyat qo‘mitasi kotibi vazifasiga tayinlangan. 2016-2019-yillarda rasman viloyat partiya kotibi lavozimini egallagan. 2016-yilda Kim Jae-ryong WPK Markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻldi.
Shuningdek, Kim Jae-ryong Koreya ishchilar partiyasi tarkibida Sinuiju shahrining erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishini nazorat qilgan.
Bosh vazir[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019-yil 10-martda Kim Jae-ryong parlament saylovlarida Oliy xalq majlisiga saylangan. Bir oydan kamroq vaqt oʻtgach, XIV Oliy xalq assambleyasining birinchi sessiyasida Kim Jae-ryong Pak Pong-ju oʻrniga bosh vazir etib tayinlandi[1]. Shuningdek, Kim Jae-ryong Siyosiy byuro va Markaziy harbiy komissiya aʼzosi etib saylangan[2].
Kim Jae-ryong bosh vazir sifatida mamlakat qishloq xoʻjaligi, sanoati sohalarida islohot oʻtkazdi. Shuningdek, Kim Jae-ryong Koreya poytaxti Pxenyan shahridagi turarjoy binolari loyihasida yangiliklarni amalga oshirdi[3][4].
Kim Jae-ryong 2020-yil 13-avgustda bosh vazir lavozimidan ozod etilgan. Uning oʻrniga bosh vazir lavozimiga Kim Tok-hun tayinlangan[5][6].
Bosh vazirlikdan keyingi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bosh vazir lavozimidan bo‘shatilganidan so‘ng Kim Jae-ryong Tashkilot va yo‘l-yo‘riq departamentiga rahbar etib tayinlandi[7]. Keyinchalik Kim Jae-ryongning Tashkiliy maʼmuriy departament deb nomlangan tashkilotga tayinlanganligi haqidagi maʼlumotlar soxta boʻlib chiqdi[8].
Oldingisi | Shimoliy Koreya bosh vazirlari 2019–2020-yillar |
Keyingisi |
Partiya siyosiy idoralari | ||
---|---|---|
Oldingisi | Tashkilot va yo‘l-yo‘riq departamenti direktori 2020–yildan hozirgi kunga qadar |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „N.K. leader re-elected as chairman of State Affairs Commission“. Yonhap (12-aprel 2019-yil). Qaraldi: 12-aprel 2019-yil.
- ↑ „Press Release on 4th Plenary Meeting of 7th Central Committee of WPK“. Korean Central News Agency. Qaraldi: 12-aprel 2019-yil.
- ↑ „Kim Jae Ryong Makes Inspection of Agricultural Field in North Hwanghae Province“ (2-iyun 2020-yil).
- ↑ „North Korea to "massively" deploy resources for Pyongyang housing projects: KCNA | NK News“ (9-mart 2020-yil).
- ↑ N.K. leader warns against accepting outside assistance over flood damage due to virus risk
- ↑ New Premier of DPRK Cabinet Appointed
- ↑ „22nd Political Bureau Pregames 8th Party Congress“. North Korea Leadership Watch (30-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Mystery man: Kim Hyong Sik's rise to head of the DPRK's new judicial department“. NK News (8-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2021-yil.