Kim Ir Sen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kim Ir Sen (taxallusi; koreyscha "Koʻtarilayotgan Quyosh" maʼnosida, haqiqiy ismi Kim Son Chju) (1912.15.4 —Mangende qishlogʻi, Pxenyan shahri yaqinida — 1994.8.7, Pxenyan) — Koreya siyosiy arbobi. Koreya Mehnat partiyasi (KMP) MK Bosh kotibi (1966 yildan, 1949—66 yillarda KMP MK raisi), KXDR prezidenta (1972 yildan). Qishloq oʻqituvchisi oilasida tugʻilgan. Bu oila 1920 (yoki bir yil avval) Xitoyga, Manchjuriyaga koʻchib bordi. K. I. S bu yerda yashirin marksistik toʻgarakka kirdi, bir necha oy qamoqda yotdi. Ozodlikka chiqqach, yapon bosqinchilariga qarshi kurashish maqsadida partizan otryadlaridan biriga qoʻshildi. 1932 yildan keyingi hayoti butunlay partiyaviy-siyosiy ishlar bilan bogʻliqdir. KXDRda saqlanib kelayotgan bir partiyali tizimda K. I. S shaxsiga sigʻinish avj olgan. U "chuchxe"— oʻziga xoslik gʻoyalari asosida qurilgan "er yuzidagi jannat" (koreys tipidagi sotsializm) deb atalmish jamiyatning bunyodkori sifatida ulugʻlangan. Jasadi Pxenyan shahridagi "Kimsusan" maqbarasiga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil