Kontent qismiga oʻtish

Kileci masjidi

Koordinatalari: 38°21′16″N 31°24′50″E / 38.35444°N 31.41389°E / 38.35444; 31.41389
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Kileci masjidi
turkcha: Kileci Mescidi
Kileci masjidi
Mamlakat  Turkiya
Hudud Konya (viloyat)
Shahar Akshehir
Koordinatalar 38°21′16″N 31°24′50″E / 38.35444°N 31.41389°E / 38.35444; 31.41389
Meʼmoriy uslub Saljuqiylar meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi XIII asr
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1


Kileci masjidi (turkcha: Kileci Mescidi) – Turkiyaning Akshehir shahridagi kichik tarixiy masjid. XIII asrda Koʻniya sultonligi davrida qurilgan, biroq bino qurilishining aniq sanasi va kim tomonidan bunyod etilganligi maʼlum emas.

Arab tilidan farqli oʻlaroq turk tilida mescit soʻzi faqat kichik masjidlarga ishora qiladi[1].

Kileci masjidi Konya viloyatining Akshehir ilchesida (tuman) joylashgan.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid hududida ishlatilgan ustunlar qadimgi Vizantiya imperiyasi binosidan olingan qurilish materiallaridan yigʻilgan[2]. Namozxona ilk marta qurilgan vaqtda u yerda minbar yoki mehrob boʻlmagan. Masjidning asl gumbazi boʻron paytida buzib tashlangan, keyinchalik yogʻoch tom bilan almashtirilgan. 2007-yilda amalga oshirilgan restavratsiya jarayonida masjidda zamonaviy yangi gumbaz qurilgan.

Masjiddagi maʼlumotlarga koʻra, binoning asl yogʻoch eshiklari hozirda Konyadagi Sohip Ota muzeyida namoyish etilmoqda. Binoning hozirgi eshiklari esa ularning nusxasi hisoblanadi.