Kikn (Aresning o‘g‘li)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kikn
Jins erkak
Otasi Ares
Onasi Pyrene yoki Pelopeya


Kikn (qadimgi yunoncha: Κύκνος — „oqqush“) — qadimgi yunon mifologiyasi qahramoni[1]. Ares[2] va Pirenaning oʻgʻli (yoki Ares va Pelopeyaning oʻgʻli). Baʼzan ikkita yaqin qayramon sifatida talqin qilinadi, afsonaning bir nechta yaqin versiyalari va Gerakl bilan olishuv joyining bir nechta lokalizatsiyasi mavjud[3].

Gerakl va Kikna olishuvi Gesiodga tegishli „Gerakl qalqoni“ sheʼrida tasvirlangan. Kikn Keikning qizi Femistonoyaga uylanadi, Keyk uni dafn qilgan[4]. Gerakl Itonning yonidan oʻtib ketayotganda (Traxin yoʻlida) Kikn uni olishuvga chaqirdi va Gerakl uni oʻldiradi[5].

Ilgari, Kikn olishuvlarda koʻpchilikni, shu jumladan, Frakiyalik Likni oʻldirgan, ammo Peneya daryosi yaqinida u Geraklni qoʻlida halok boʻlgan[6]. Yoki Anavrada Gerakl tomonidan oʻldirilgan[7]. Ares paydo boʻlib, oʻgʻlidan qasos olmoqchi boʻlganida, Zevs ularning orasiga chaqmoq otadi[8].

Boshqa hikoyalarga koʻra, Peliyning dafn marosimida, Kikn Pilani qurol bilan jangda oʻldiradi[9]. Oʻzi mustahkam edi[10]. Exedora (Galikos) daryosi yaqinida yashagan. Bir hikoyaga koʻra, Fessaliyadagi Itonda u Geraklni yakka kurashga chaqirgan. Zevs, ularning orasiga momaqaldiroq otib, jangni toʻxtatgan[11]. Pindarning soʻzlariga koʻra, Gerakl jang qilmagan[12]. Kikn boshlaridan Apollonga ibodatxona qurish uchun (yoki Ares ibodatxonasini bosh suyagi bilan bezash uchun)[13] begonalarning boshlarini kesib tashlagan. U va Gerakl oʻrtasida jang boshlanganida, Gerakl qochgan. Ammo, Kikn yolgʻiz qolganida, Gerakl uni magʻlub etgan[14].

Ares oʻlgan oʻgʻlini oqqushga aylantirgan[15]. Peneydan kelgan oqqush Apollonni madh etgan[16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mifi narodov mira. M., 1991-92. V 2 t. T.1. S.649
  2. Yevripid. Alkestida 502; Gigin. Mifi 159
  3. Cycnus // Реальный словарь классических древностей / авт.-сост. Ф. Любкер ; Под редакцией членов Общества классической филологии и педагогики Ф. Гельбке, Л. Георгиевского, Ф. Зелинского, В. Канского, М. Куторги и П. Никитина. — СПб., 1885. — С. 363.
  4. Psevdo-Gesiod. Щit Gerakla 356. 472
  5. Psevdo-Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka II 7, 7; Diodor Sitsiliyskiy. Istoricheskaya biblioteka IV 37, 4
  6. Pavsaniy. Opisanie Elladi I 27, 6
  7. Yevripid. Gerakl 390—395
  8. Gigin. Mifi 31
  9. Gigin. Mifi 273
  10. Seneka. Gerkules v bezume 486
  11. Psevdo-Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka II 5, 11
  12. Pindar. Olimpiyskie pesni X 16
  13. Sxolii k Pindaru. Olimpiyskie pesni II 28; X 15 // Primechaniya V. G. Boruxovicha v kn. Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka. L., 1972. S.160
  14. Stesixor. Kikn, fr.207 Peydj
  15. Primechaniya V. G. Boruxovicha v kn. Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka. L., 1972. S.152, sr. Afiney. Pir mudresov IX 393
  16. Gimni Gomera XXI 1-2