Kichik qullar koʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kichik qullar koʻli
Kichik qullar koʻli - Kichik qullar koʻli
Kichik qullar koʻli
Joylashuvi Alberta, Kanada
Koordinatalari 55°26′26″N 115°29′19″W / 55.44056°N 115.48861°W / 55.44056; -115.48861 G OKoordinatalari: 55°26′26″N 115°29′19″W / 55.44056°N 115.48861°W / 55.44056; -115.48861 G O
Okean tipi eutrofik
Asosiy manbalari Svan, Driftpil
Asosiy oqimlari Kichik qullar dayosi
Havzaga aloqador oʻlkalar Kanada
Eng katta uzunligi 97 km
Eng katta kengligi 19 km
Yuzasi 1168 km2
Oʻrtacha chuqurligi 11.7 m
Eng katta chuqurligi 21 m
Suv hajmi 13.69 km3
Qirgʻoq uzunligi1 247 km
Aholi punktlari Sleyv Leyk, Faast
1 Qirgʻoq uzunligini aniq oʻlchab boʻlmaydi.

Kichik qullar koʻli (ing. Lesser Slave Lake) — Kanadaning Alberta provinsiyasida joylashgan koʻl. Koʻl Edmonton shahridan 209 km shimoli-gaʼrbda, Katta qullar koʻlidan 640 km janubda joylashgan. Bir qancha daryolar kelib quyiladi va Kichik qullar daryosi orqali Atabaska daryosi bilan tutashadi. Maydoni 1168 km2, uzunligi 97 km, kengligi 19 km.[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk xaritachi, geodezik va moʻyna savdogar Devid Tompson 1799-yil 28-aprelda Kichik qullar daryosining boshlanishiga keldi. U bu goʻzal koʻlga tashrif buyurgan birinchi hujjatlashtirilgan yevropalik boʻldi. U sekstant, kompas va ikkita soat yordamida Albertaning koʻp qismini oʻrganib chiqdi va nafaqaga chiqqanidan keyin yaratgan Buyuk xaritada koʻlni chizdi.

Tompson Kichik qullar daryosi va Atabaska daryosining tutashgan joyida Shimoliy Gʻarbiy kompaniya uchun savdo punktini tashkil etdi. 1802-yilda u Sleyv Leyk Taunning asl joyiga koʻchirildi (hozirda Eski shahar deb ataladi). Hadson Bey kompaniyasi ham yaqin joyda punkt oʻrnatdi va moʻyna savdosini nazorat qilish uchun raqobat boshlandi. Keyinchalik bu ikki kompaniya birlashdi. Kompaniyalar birlashgandan soʻng koʻl Savrij deya nom oldi.

Savrij 1923-yilda Qul koʻliga aylandi, u yaqinda kelgan Kri savdogarlari tomonidan begona deb hisoblangan hududdagi odamlar uchun nomlangan. Kichik qullar koʻli va Katta qullar koʻli oʻrtasida chalkashlik borligi aniq boʻlgach, nomga „Kichik“ soʻzi qoʻshildi. 1935-yildagi halokatli suv toshqini shaharni hozirgi joyga koʻchirishga majbur qildi. 1945-yilga kelib jamoa 300 kishidan iborat edi.[2]

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻl koʻpgina kichik oqimlardan oziqlanadi, u sharqqa Kichik qullar daryosi orqali Atabaska daryosiga quyiladi. Kri hindulari tomonidan birinchi marta qoʻllanilgan ism bir vaqtlar uning qirgʻoqlarida yashagan qul (dogrib) hindulariga tegishli. Dengiz sathidan 577 m yuqorida joylashgan boʻlib, maydoni 1168 km2, oʻrtacha chuqurligi 11.7 m, eng chuqur joyi 21 m ni tashkil etadi.

Kichik qullar koʻli

Koʻlga quyiluvchi daryolar orasida eng yirigi Svan daryosidir. Driftpil daryosi ozgina kichik boʻlsa-da, keng delta qurib quyiladi. Uchinchisi katta delta qurmagan Assineu daryosi quyiladi.[3]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hudud iqlimi qishda souq, yozda iliqdan issiqqacha, kunlik va yillik haroratning keskin oʻzgarishi bilan tavsiflanadi. Choʻl hududlar haroratni shimolga olib kelib, haroratni koʻtaradi. Bu tendensiya dasht hududlarning shimoli-gʻarbiy qismida yaqqol namoyon boʻladi. Buni 53° shimoliy kenglikdagi Manitoba provinsiyasidagi igna bargli o'rmonlarning yoʻqolishi va faqat 61° shimoliy kenglikdagi Rokki tog'lari etagida qolgan oʻrmonlarda koʻrishimiz mumkin.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Lesser Slave Lake“. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  2. „The History of Slave Lake“ (inglizcha). Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  3. „Lesser Slave Lake“ (inglizcha) (12-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  4. Gordon Klark Merrill. The human geography of the Lesser Slave Lake of Central Alberta, 1961.