Kichik koʻlbuqalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kichik ko'lbuqalardan yoʻnaltirildi)

Kichik koʻlbuqalar (lxobrychus) — laylaksimonlar turkumining qarqaralar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 10 turi, jumladan, Oʻzbekistonda 1 turi bor. Kichik koʻlbuqa (l.minutis) Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya va Yangi Zelandiyada uchraydi. Koʻl, daryo qirgʻoqlaridagi toʻqay, butazor va qamishzorlarda yashaydi. Ogʻirligi 145 g ga yaqin. Oʻzbekistonga mart oyida uchib keladi. Qamishzor va toʻqaylarda uya quradi. 4— 9 ta tuxum quyadi. Tuxumini 17—20 kun bosadi. Joʻjalari bir oyda uchirma boʻladi. Kichik koʻlbuqalar toʻngi qushlar, mayda baliq, baqa, itbaliq va suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil