Kontent qismiga oʻtish

Kiatisuk Senamuang

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kiatisuk Senamuang
Senamuang (2017-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kiatisuk Senamuang
Tavallud sanasi 11-avgust 1973-yil (1973-08-11) (52 yosh)
Tavallud joyi Udon Thani viloyati, Tailand
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi Strayker
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1982—1990 Nampong Suksa School
1991—1992 Bangkok Commercial School
1993—1994 Dhurakij Pundit University
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991—1995 Krung Thai Bank 145 (98)
1995—1996 Rajpracha 27 (18)
1997—1998 Royal Thai Police 25 (21)
1998—1999 Perlis 21 (22)
1999—2000 Huddersfield Town 0 (0)
2000—2001 Rajpracha 26 (18)
2001—2002 Singapore Armed Forces 20 (15)
2002—2006 Hoàng Anh Gia Lai 75 (59)
Total 339 (251)
Milliy terma jamoa
1990—1992 Tailand U20 11 (5)
1993—2007 Tailand 134 (71)
Boshqargan klublari
2006 Hoàng Anh Gia Lai
2008 Chula United
2008—2009 Chonburi
2010 Hoàng Anh Gia Lai
2011—2012 Chula United
2012—2013 Bangkok
2013—2016 Tailand U23
2013 Tailand (vaqtincha)
2014—2017 Tailand
2017 Port
2020—2024 Hoàng Anh Gia Lai
2024 Công An Hà Nội
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kiatisuk Senamuang (1973-yil 11-avgustda tugʻilgan) – tailandlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Kiatisuk muxlislar tomonidan „Tailanndlik Ziko“ laqabini olgan[1][2]. Futbolchhi sifatidagi oʻn sakkiz yillik faoliyati davomida Kiatisuk hujumchi pozistiyasida oʻynagan. Bu davrda 339 ta oʻyinda 251 ta gol urgan. Sobiq hujumchi Tailand ,Malayziya, Singapur, Angliya va Vyetnam klublarida oʻynagan. Kiatisuk, shuningdek, 1992-yildan 2007-yilgacha Tailand terma jamoasi safida 131 ta oʻyin oʻtkazib, 70 ta gol urgan[3].

2014 va 2017-yillar oraligʻida Kiatisuk Tailand milliy terma jamoasi (2013—2016) va Tailand U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan[4].

Kiatisuk Dhurakij Pundit universitetida biznes boshqaruvi bakalavri va Chandrakasem Rajabhat universitetida biznes boshqaruvi magistri darajasiga ega.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiatisuk Senamuang 1999-yilda Angliyaning „Huddersfield Town“ klubi tarklif etilgan, ammo klub tarkibida birorta oʻyinda maydonga tushmagan. Klubning oʻsha paytdagi murabbiyi Steve Bruce bu transferni shunchaki reklama hiylasi deb hisoblagan[5]. Bir mavsumdan soʻng, u „Huddersfield Town“ning asosiy jamoasida maydonga tushmaganidan soʻng, Kiatisuk ingliz futbolini tark etgan va Tailandning Rajpracha klubi bilan shartnoma imzolagan. 2001-22-yilgi mavsumda Singapur Qurolli Kuchlari futbol klubi tarkibiga oʻtgan. Singapurdagi faoliyati davomida 20 oʻyin oʻtkazib 15 ta gol urgan. 2002-yil mart oyida Vyetnamning Hoang Anh Gia Lai klubi bilan shartnoma imzolagan. Vyetnamdagi faoliyatida bir necha bor V.Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritgan[6][7].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiatisuk terma jamoa safida 131 ta oʻyin oʻtkazib, 70 ta gol urgan. Ikkala koʻrtsatkichga koʻra Kiatisukning natijalari Tailand milliy rekordlari hisoblanadi.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa murabbiyi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil yanvarda Kiatisuk Tailand U-23 terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan. 12-yanvarda 1-divizion jamoasi Ayutthaya F. C.ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, debyutini muvaffaqiyatli boshlagan[8].

2013-yil iyunda Kiatisuk Winfried Schaefer oʻrniga Tailand milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlangann. Uning „Urush fillari“ jamoasining bosh murabbiyi sifatidagi debyuti 2013-yil 15-iyunda Xitoyga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boʻlib oʻtgan va tailandliklar 5:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[9]. Kiatisuk shuningdek, 2013-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan Tailand U-23 terma jamoasining bosh murabbiyi vazifasini ham bajargan[10].

Tailand U-23 jamoasi bosh murabbiyi sifatida Kiatisuk jamoani 2013-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida oltin medal olishida hissa qoʻshgan. Bu turnirdagi oltin medal 1993-yildan 1999-yilgacha ketma-ket toʻrt marotaba futbolchi sifatida qoʻlga kiritgan toʻrtta oltin medaliga qoʻshimcha boʻlgan. Uning murabbiyligidagi jamoa 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida yarim finalga qadar yetib borgan va jamoa 4-oʻrinni egallagan[11].

2014-yilda Osiyo oʻyinlaridagi muvaffaqiyati tufayli Kiatisuk Tailand terma jamoasi 2014-yilgi AFF chempionatida ishtirok etishidan avval doimiy bosh murabbiyi etib tayinlangan. U asosan oʻzining sobiq U-23 jamoasining yosh oʻyinchilaridan foydalanib, Tailandni finalda Malayziyaga qarshi umumiy hisobda 4:3 gʻalabaga olib keldi va shu tariqa ham futbolchi, ham murabbiy sifatida AFF chempionatida gʻolib chiqqan ilk shaxsga aylangan[12].

2015-yilda 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashining ikkinchi bosqichida Tailand Iroq, Vyetnam va Xitoy Taypeyi bilan bir guruhga tushgani. Kiattisuk rahbarligida jamoa oltita oʻyinda 14 ochko toʻplab, guruh gʻolibi boʻldi. Shunday qilib, Tailand saralashning yakuniy bosqichiga yoʻl oldi.

2016-yilda Kiatisuk amaldagi chempion sifatida 2016-yilgi AFF chempionatida Tailand terma jamoasini boshqargan. Final yoʻlidagi barcha oʻyinlarda gʻalaba qozongan Tailand 14-dekabr kuni finalning birinchi oʻyinida Indoneziyaga qarshi Pakansari stadionida 1:2 hisobida magʻlub boʻldi[13]. Shunga qaramay, Tailand Rajamangala stadionida 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, kubokni qaytarib olishga muvaffaq boʻldi va 2016-yil 17-dekabrda beshinchi mintaqaviy chempionlik sovrinini qoʻlga kiritgan. Kiattisuk Peter Withe va Radojko Avramovićdan keyin AFF chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgan uchinchi murabbiy boʻlgan[14].

Kiatisuk Jahon chempionati saralashining soʻnggi bosqichida Tailand terma jamoasini boshqarishda davom etgan. Biroq u saralashning yettita oʻyinida bor-yoʻgʻi bir ochko jamgʻarishgan. 2017-yilning 28-martida Saitama Stadium 2002da Yaponiyaga 0:4 hisobida magʻlub boʻlganidan uch kun oʻtib, Kiatisuk toʻrt yillik boshqaruvidan soʻng terma jamoa bosh murabbiyi lavozimidan isteʼfoga chiqqan[15].

Milliy terma jamoadagi faoliyatidan soʻng, Kiatisuk 2017-yilda Tailand T1 ligasi klubi Port FCni boshqargan, ammo yomon natijalar tufayli isteʼfoga chiqqan[16].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiatisuk Udon Thani shahrida tugʻilgan. Tailanddagi koʻplab tailandliklar singari buddizmga eʼtiqod qiladi. Professional futbolchi boʻlishidan avval politsiyachi boʻlib ishlagan, ammo har doim futbolga mehr qoʻygan.

Unga doʻstlari tomonidan Braziliyalik mashxur futbolchi Zico sharafiga Zico taxallusi berilgan.

Uning uchta qizi bor, ularning ismlari Pert, Proud va Pearl.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoadagi gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kiatisuk Senamuang tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Stadion Raqib Hisob Natija
1. 1993-yil 11-aprel Kobe, Yaponiya  Shri Lanka 1–0 1994-yilgi jahon chempionati saralashi
2. 1993-yil 5-may Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Bangladesh 4–1 1994-yilgi jahon chempionati saralashi
3. 1993-yil 7-iyun Singapore  Myanma 2–0 1993-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari
4. 1993-yil 13-iyun Singapore  Laos 4–1 1993-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari
5. 1993-yil 20-iyun Singapore  Myanma 4–3 1993-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari
6. 1994-yil 9-oktyabr Hiroshima, Yaponiya  Malayziya 1–1 1994-yilgi Osiyo oʻyinlari
7. 1995-yil 12-dekabr Chiangmay, Tailand  Kambodja 9–0 1995-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari
8.
9. 1996-yil 16-fevral Bangkok, Tailand  Finlandiya 5–2 1996-yilgi Qirol kubogi
10. 1996-yil 27-iyun Bangkok, Tailand Maldivalar bayrogʻi Maldiv 8–0 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashi
11.
12. 1996-yil 29-iyun Bangkok, Tailand  Myanma 5–1 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashi
13. 1996-yil 7-iyul Singapore  Myanma 7–1 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashi
14.
15. 1996-yil 9-iyul Singapore  Singapur 2–2 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashi
16. 1996-yil 2-sentyabr Singapore  Filippin 5–0 1996-yilgi AFF chempionati
17. 1996-yil 6-sentyabr Singapore  Bruney 6–0 1996-yilgi AFF chempionati
18. 1996-yil 8-sentyabr Singapore  Malayziya 1–1 1996-yilgi AFF chempionati
19. 1996-yil 13-sentyabr Singapore  Vietnam 4–2 1996-yilgi AFF chempionati
20. 1996-yil 15-sentyabr Singapore  Malayziya 1–0 1996-yilgi AFF chempionati
21. 1996-yil 8-dekabr Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Eron 1–3 1996-yilgi Osiyo kubogi
22. 1997-yil 15-mart Bangkok, Tailand  Yaponiya 3–1 Oʻrtoqlik
23.
24. 1997-yil 7-oktyabr Jakarta, Indoneziya  Bruney 6–0 1997-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari
25.
26. 1997-yil 12-oktyabr Jakarta, Indoneziya  Kambodja 4–0 1997-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari
27. 1997-yil 16-oktyabr Jakarta, Indoneziya  Vietnam 2–1 1997-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari
28.
29. 1998-yil 22-mart Bangkok, Tailand  Qozogʻiston 1–0 Oʻrtoqlik
30. 1998-yil 21-oktyabr Bangkok, Tailand  Turkmaniston 3–3 Oʻrtoqlik
31. 1998-yil 2-dekabr Bangkok, Tailand  Gonkong 5–0 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
32.
33. 1998-yil 14-dekabr Bangkok, Tailand  Janubiy Koreya 2–1 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
34. 1999-yil 23-fevral Bangkok, Tailand  Shimoliy Koreya 2–2 1999-yilgi Qirol kubogi
35. 1999-yil 16-iyun Bangkok, Tailand  Yangi Zelandiya 2–2 Friendly Tournament
36.
37. 1999-yil 30-iyul Bandar-Seri-Begavan, Bruney  Filippin 9–0 1999-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari
38.
39.
40.
41. 1999-yil 1-avgust Bandar-Seri-Begavan, Bruney  Laos 4–1 1999-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari
42. 1999-yil 8-avgust Bandar-Seri-Begavan, Bruney  Myanma 7–0 1999-yilgi Janubuy-sharqiy Osiyo oʻyinlari
43.
44. 2000-yil 6-noyabr Chiangmay, Tailand  Myanma 3–1 2000-yilgi AFF chempionati
45. 2000-yil 10-noyabr Chiangmay, Tailand  Indoneziya 4–1 2000-yilgi AFF chempionati
46. 2000-yil 12-noyabr Chiangmay, Tailand  Filippin 2–0 2000-yilgi AFF chempionati
47. 2000-yil 16-noyabr Chiangmay, Tailand  Malayziya 2–0 2000-yilgi AFF chempionati
48. 2001-yil 23-yanvar Bangkok, Tailand  Quvayt 5–4 Oʻrtoqlik
49.
50.
51. 2001-yil 17-fevral Bangkok, Tailand  Qatar 2–0 2001-yilgi Qirol kubogi
52.
53. 2001-yil 13-may Bayrut, Livan  Shri Lanka 4–2 2002-yilgi jahon chempionati saralashi
54.
55. 2001-yil 17-may Bayrut, Livan  Livan 2–1 2002-yilgi jahon chempionati saralashi
56. 2001-yil 26-may Bangkok, Tailand  Shri Lanka 3–0 2002-yilgi jahon chempionati saralashi
57.
58. 2001-yil 28-may Bangkok, Tailand  Pokiston 6–0 2002-yilgi jahon chempionati saralashi
59.
60.
61.
62. 2001-yil 13-avgust Singapore  Singapur 5–0 Oʻrtoqlik
63.
64. 2001-yil 6-sentyabr Manama, Bahrain  Bahrayn 1–1 2002-yilgi jahon chempionati saralashi
65. 2002-yil 18-dekabr Singapore  Laos 5–1 2002-yilgi AFF chempionati
66.
67.
68. 2004-yil 31-mart Sano, Yaman  Yaman 3–0 2006-yilgi jahon chempionati saralashi
69. 2004-yil 9-iyun Bangkok, Tailand  Shimoliy Koreya 1–4 2006-yilgi jahon chempionati saralashi
70. 2006-yil 26-dekabr Bangkok, Tailand  Singapur 2–0 2006-yilgi Qirol kubogi
71.
2015-yil 7-oktyabr holatiga koʻra[17]

Murabbiylik statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oxirgi oʻyin 2024-yil 12-mayda oʻtkazilgan.
Jamoalardagi murabbiylik natijasi
Jamoa Dav Boshlangan davr Yakunlangan davr Natijalar
D M UG OʻG GF Gʻal %
Hoàng Anh Gia Lai Vietnam 2006-yil 1-yanvar 2006-yil 30-iyun 25 10 6 9 25 24 +1 040,00
Chula Sinthana Tailand 2008-yil 1-yanvar 2008-yil 30-noyabr 18 7 7 4 36 22 +14 038,89
Chonburi Tailand 2009-yil 1-yanvar 2009-yil 30-noyabr 46 28 11 7 87 42 +45 060,87
Hoàng Anh Gia Lai Vietnam 2010-yil 1-yanvar 2010-yil 30-noyabr 31 12 9 10 39 32 +7 038,71
Chula United Tailand 2010-yil 9-dekabr 2012-yil 21-may 49 21 14 14 54 44 +10 042,86
Bangkok Tailand 2012-yil 20-iyun 2012-yil 31-dekabr 21 7 5 9 31 33 −2 033,33
Tailand U23 Tailand 2013-yil 12-yanvar 2016-yil 22-dekabr 40 28 7 5 83 28 +55 070,00
Tailand [2] Tailand 2013-yil 1-may 2013-yil 30-iyun 1 1 0 0 5 1 +4 100,00
Tailand [3] Tailand 2014-yil 10-fevral 2017-yil 31-mart 42 21 7 14 66 53 +13 050,00
Port Tailand 2017-yil 23-iyun 2017-yil 20-sentyabr 10 1 3 6 12 19 −7 010,00
Hoàng Anh Gia Lai Vietnam 2020-yil 20-noyabr 2024-yil 11-yanvar 74 24 28 22 82 79 +3 032,43
Công An Hà Nội Vietnam 2024-yil 16-yanvar 2024-yil 14-may 11 6 1 4 16 12 +4 054,55
Umumiy faoliyat statistikasi 368 166 98 104 536 389 +147 045,11

1 Penaltilar seriyasi natijasida qozonilgan gʻalaba yoki magʻlubiyat durang sifatida hisobga olinadi.
2 Kiatisuk Senamuang vaqtinchalik menejer sifatida jamoani bir marta boshqargan.
3 Tailand uchun faqat FIFA tasdiqlagan oʻyinlar hisobga olinadi.

Tailand

  • AFF Chempionati: 1996, 2000, 2002
  • Dengiz oʻyinlari oltin medali: 1993, 1995, 1997, 1999
  • Qirol kubogi: 1994, 2000, 2006
  • Indoneziya mustaqillik kubogi: 1994
  • Osiyo oʻyinlari toʻrtinchi oʻrin: 1998, 2002

Krung Thai Bank

  • Kor Qirol kubogi: 1989
  • Khǒr Qirol kubogi: 1993

Singapore Armed Forces

  • S.Liga: 2002

Hoang Anh Gia Lai

  • V.Liga 1: 2003, 2004
  • Vyetnam Superkubogi: 2003, 2004

Individual

  • AFF chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 2000
  • V.Liga 1 yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi: 2003, 2004
  • OFK Osiyo yulduzlari: 2000[18]

Tailand

  • AFF chempionati: 2014, 2016
  • Qirol kubogi: 2016

Tailand U-23

Chonburi

  • Kor Qirol kubogi: 2009

Hoang Anh Gia Lai

  • Vyetnam milliy kubogida ikkinchi oʻrin: 2010
  • Quang Trung imperator kubogi: 2022

Individual

  1. Vietnam+ (VietnamPlus) „Kiatisak - Tìm lại ánh hào quang của "Zico" Thái“ (vi). Vietnam+ (VietnamPlus) (2010-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 9-mart.
  2. „"ซิโก้" พร้อมอดีตขุนพลทีมชาติชุดดรีมทีม เยี่ยม "บิ๊กหอย"“ (th). pptvhd36.com (2025-yil 5-mart). Qaraldi: 2025-yil 9-mart.
  3. „Kiatisuk Senamuang - Century of International Appearances“. RSSSF (2016-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 27-may.
  4. „Thailand appoint Kiatisuk Senamuang as new national team coach“. Goal.com. Qaraldi: 2016-yil 27-may.
  5. „European dream gone sour! Look nearer to home“. nationthailand.com (2011-yil 31-dekabr).
  6. Trí, Dân „Kiatisuk sẽ chia tay Việt Nam sau V-League 2006“ (vi). Báo điện tử Dân Trí (2006-yil 12-avgust). Qaraldi: 2025-yil 9-mart.
  7. Online, TTVH „'Zico Thái' Kiatisuk luôn là siêu sao số 1 Đông Nam Á với mối tình sâu đậm cùng bóng đá Việt Nam“ (vi). thethaovanhoa.vn (2023-yil 18-avgust). Qaraldi: 2025-yil 9-mart.
  8. „ซิโก้“ยิ้มซีเกมส์เปิดตัวสวยอุ่นซิวชัยกรุงเก่า1-0
  9. „China PR 1 - 5 Thailand Match report - 6/15/13 Friendlies“. Goal.com. Qaraldi: 2016-yil 27-may.
  10. „Official Home of Asian Football - Kiatisuk takes charge of Thailand“. 2013-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  11. Com, The Phuket News „Thailand Sport: Thailand falls to Iraq 1-0 in Asian Games third place match“ (en). The Phuket News Com (2014-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 16-mart.
  12. „Thailand prevail over Malaysia to win their fourth AFF Suzuki Cup title“ (en). ESPN.com (2014-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 16-mart.
  13. Net, VietNam „Indonesia beat Thailand 2-1 in AFF Suzuki Cup 2016 final“ (vietnamese). VietNamNet News. Qaraldi: 2023-yil 16-mart.
  14. „Thailand beat Indonesia to win 2016 AFF Championship“ (en). the-AFC. Qaraldi: 2023-yil 16-mart.
  15. „Kiatisuk Senamuang quits as Thailand boss“ (en). ESPN.com (2017-yil 31-mart). Qaraldi: 2023-yil 16-mart.
  16. 'ซิโก้' ประกาศลาออก หลังคุมการท่าเรือ พ่ายชลบุรี 1-3
  17. Kiatisuk Senamuang – Century of International Appearances
  18. „Asian Player of the Year“. RSSSF (2018-yil 18-yanvar).
  19. „Chanathip heads Thai haul at AFF Awards“ (2015-yil 24-avgust).
  20. „"ซิโก้" เปิดใจหลังได้รางวัลโค้ชยอดเยี่ยม "AFF"“ (2017-yil 25-sentyabr).
  21. „กระหึ่ม "ซิโก้" ผงาดกุนซือยอดเยี่ยม วี-ลีก หลังพาฮองอันห์ยาลาย ไร้พ่าย 6 เกม“ (2021-yil 6-aprel).
  22. „ซิโก้โค้ชยอดเยี่ยม! ฮองอันห์กวาด 4 รางวัลวีลีกเมษายน“.