Kia Goodwin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kia Goodwin
Tavalludi
Kia Joy Goodwin

2-avgust 1973
Fuqaroligi AQSh
Faoliyat yillari 1976—hozirgacha

Kia Joy Goodwin — amerikalik aktrisa. U oʻzining bolalik paytida ijro etgan ikki fasl (1985—1987) davom etgan NBCda efirga uzatilgan 227 nomli komedik sitkomida Rose Hollowayning qizi Tiffany Holloway roli bilan mashhur.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goodwin oʻzining dastlabki televizion koʻrinishini 1976-yilda M&M’s, Jello Pudding va AT&T kabi mahsulotlar uchun tijorat maqsadida reklama roliklarida amalga oshirgan. 1981-yilda esa Annie birinchi milliy sayohat kompaniyasiga Duffy rolini ijro etgan. 1982-yilda gastrol yopilgandan soʻng, Tessie va keyinchalik Kate rollarini ijro etgan holda Annie pyessasining Broadwaydagi yakuniy aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi. Shu bilan birga, u 1981-yili ABC Afterschool Special dasturida ishlashni davom ettiradi. 1984-yilda esa Growing Up on Broadwayda paydo boʻldi.

1985-yilning bahorida Goodwin NBC 227 nomli sitkomida Tiffany Holloway rolini shouning birinchi mavsumida muntazam serial sifatida ijro etdi. Goodwinning onasi oʻzini Californiada baxtsiz his qiladi va New Yorkka qaytishga qaror qiladi. Shu sababli, aktrisa shartnomasini bekor qilishga va ikkinchi mavsumdan keyin serialni tark etishga majbur boʻladi[1].

U 1993-yilda HBO telekanalining Strapped teleserialida Latisha Jordan rolida suratga tushgan[2]. 1998-yilda u yana Broadwayda Paul Simonning The Capeman musiqiy filmida paydo boʻldi. Oʻsha yili u Jennifer Aniston bilan huddi shu yili The Object of My Affection filmida rol oʻynadi. Ikki yil oʻtgach, u 2000-yilda The Opportunists filmida yosh hamshira sifatida koʻrinish beradi. Shuningdek, u Jake In Progress, Platinum, Barbershop, Law & Order: Special Victims Unit hamda Law & Order kabi teleseriallarda ham maxsus mehmon rollarni ijro etgan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1998 The Object of My Affection Juliet
1999 The Opportunists yosh hamshira
2001 Ordinary Sinner Deborah
2002 New World Order Tommi
2002 Swimfan Rene
2012 You're Nobody 'til Somebody Kills You Michelle Malone
2019 DC Noir xonim Harris

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
1981, 1993 ABC Afterschool Special Stephanie / Marlen
1985-1988 227 Tiffany Holloway
1993 Strapped Latisha Jordan
2001, 2015 Law & Order: SVU Audrey Thompson / Shari
2003 Platinum xonim Bryce
2005 Jake in Progress Tracy Dawson
2005-2006 Barbershop Da Boot
2007 Law & Order Kendra Washington
2013-2015 The Good Wife Sondra
2015 Show Me a Hero Elaine Henderson
2016 Elementary Yvette Ingram
2018 The Plug Helen
2019 The Code Antoinette 'Toni' Poirier

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Holder, Frank. This Day In Comedy: The Ethnic Encyclopedia of Laughter (arabcha). TrineDay, 4-noyabr 2019-yil. ISBN 978-1-63424-263-9. 
  2. Fearn-Banks, Kathleen. The A to Z of African-American Television (inglizcha). Scarecrow Press, 4-avgust 2009-yil. ISBN 978-0-8108-6348-4. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]