Khatia Dekanoidze
| Khatia Dekanoidze | |
|---|---|
ხატია დეკანოიძე | |
|
| |
| Gruziya parlamenti aʼzosi | |
|
Mansab davri 2020-yil 11-dekabr | |
| Prezident | Petro Poroshenko |
| Vitse-prezident | Mikheil Saakashvili |
| Gruziya parlamenti SIU (Strength is In Unity) fraksiyasi raisi | |
|
Mansab davri 2021-yil 31-may – 2023-yil 31-yanvar | |
| Oʻtmishdoshi | Roman Gotsiridze |
| Vorisi | Levan Bezhashvili (amalda) |
| Ukraina milliy politsiyasi boshligʻi | |
|
Mansab davri 2015-yil 4-noyabr – 2016-yil 16-noyabr | |
| Oʻtmishdoshi | lavozim joriy etilgan |
| Vorisi | Serhiy Knyazev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
20-yanvar 1977-yil Tbilisi, Gruziya SSR, Sovet Ittifoqi |
| Fuqaroligi |
Gruziya Ukraina (2015–2017) |
| Siyosiy partiyasi |
Birlashgan milliy harakat (2017–2023) Mustaqil (2023-yilda beri) |
| Taʼlim | Tbilisi davlat universiteti |
| Imzosi |
|
| Mansubligi | Ukraina Ichki ishlar vazirligi |
| Xizmat yillari | 2015–2017 |
Khatia Dekanoidze (gruzincha: ხატია დეკანოიძე, ukraincha: Хатія Деканоїдзе; 1977-yil 20-yanvarda tugʻilgan) – gruziyalik siyosatchi. 2012-yilda Taʼlim va Fan vaziri boʻlib xizmat qilgan. 2020-yildan beri Gruziya parlamentining aʼzosi. Shuningdek, 2015–2016-yillarda Ukraina Milliy politsiya boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Dekanoidze karyerasini 2003-yilgi Atirgullar inqilobi soʻngida boshlagan. Dastlab Ichki ishlar vazirligi va diplomatik lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan, soʻngra huquqni muhofaza qilish idoralarida kadrlarni tanlash va islohotlarni nazorat qilish uchun Politsiya akademiyasining rahbari etib tayinlangan. 2012-yilda Milliy Imtihon Markazi rahbari va Saakashvili prezidentligi davridagi Taʼlim va Fan vaziri boʻlib xizmat qilgan. 2012-yilgi parlament saylovlarida UNM (United National Movement – Birlashgan Milliy Harakat)ning magʻlubiyatidan keyin muxolifatga qoʻshilgan va 2015-yilda Ukrainaga koʻchib oʻtib, Petro Poroshenko prezidentligi davrida Milliy politsiya boshligʻi etib tayinlangan.
2016-yilda Gruziyaga qaytgan Khatia Dekanoidze 2020-yilda parlamentga saylangan va 2021-yil may oyida siyosiy inqiroz ketidan eʼlon qilingan boykotdan soʻng parlamentga qoʻshilgan. 2021-yil may oyidan 2023-yil fevralgacha Birlashgan Milliy Harakat (UNM) fraksiyasining raisi boʻlib xizmat qilgan. 2023-yil 24-martda esa oʻz partiyasi bilan yuzaga kelgan mojaro sabab ushbu partiyadan chiqqan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Khatia Dekanoidze 1977-yil 20-yanvarda Tbilisida (oʻsha paytda Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi poytaxti boʻlgan)[1] tugʻilgan. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya boʻyicha tahsil olgan hamda 1999-yilda Tbilisi Davlat Universitetining bakalavr diplomiga ega boʻlgan[1]. Shu bilan birga Vena shahridagi Markaziy Yevropa Universiteti va AQShda joylashgan RAND korporatsiyasida ham taʼlim olgan.
Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi nutqi davomida Khatia Dekanoidze shunday degan edi:
Yoshligimda turli sport o‘yinlari va guruhlarga qatnashardim. Baʼzi bir yoshi katta erkaklarning menga qarab turishi menga juda noqulaylik tug‘dirardi. O‘zimni qulay his qilmasdim va menimcha, bu holat ko‘p yosh qizlarning ham boshidan o‘tgan. Ular basketbol, futbol, tennis yoki kurash kabi sport turlari bilan maydonda shug‘ullanishni juda sevishadi, biroq ularning eʼtibori sportdan ko‘ra ko‘proq xavfsizlikka qaratilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Official Biography“. Parliament of Georgia. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „Current affairs debate: Threatened bans of Pride events in Council of Europe member States“. Parliamentary Assembly of the Council of Europe (2022-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.