Khalid (qoʻshiqchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Khalid (qoʻshiqchi)

Khalid 2018-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Khalid Donnel Robinson
11-fevral 1998-yil (1998-02-11) (26 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis
Guruh Rifht Hand, RCA
Janr pop, R&B
Faoliyat yillari 2016–hozirgacha
Veb-sayt https://www.khalidofficial.com/

Khalid Donnel Robinson (1998-yil 11-fevralda tugʻilgan[1]), Khalid sifatida tanilgan, amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis. U Right Hand Music Group va RCA Records bilan shartnoma imzolagan. U Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan 4× platinum sertifikatiga ega boʻlgan American Teen (2017) debyut studiyaviy albomi chiqqandan keyin shuhrat qozondi. Albom AQShning eng yaxshi 20 ta singllarini, jumladan, „Location“ va „Young Dumb & Broke“ singllarini oʻz ichiga oladi va RIAA tomonidan Diamond sertifikatiga ham ega boʻldi.

Oʻsha yilning oxirida u Logicning AQShdagi eng yaxshi 10 ta singli 1-800-273-8255da Alessia Kara bilan ishtirok etdi va bu unga Yil qoʻshigʻi nominatsiyasi uchun Grammy mukofotiga sazovor boʻldi. Keyingi yili Khalid Normani bilan Love Lies va Benny Blanco va Halsey bilan birga Eastside nomli 1-raqamli pop qoʻshiqlarini chiqardi, ularning ikkalasi ham Mainstream Top 40 chartida eng uzun qoʻshiqlar boʻyicha oʻsha vaqtda rekord oʻrnatgan holda birinchi oʻrinni egallagan. Va Billboard Hot 100 roʻyxatida ham top 10talikka kirgan. 2018-yil sentabr oyida u oʻzining Better ritmik qoʻshigʻini Suncityning 10-episodidagi asosiy singl sifatida chiqardi. 2019-yil aprel oyida u Billboard 200 chartida debyut qilgan ikkinchi studiyaviy albomi Free Spiritni chiqardi. Talk singli AQShda 3-oʻrinni egalladi va unga Yil rekordi nominatsiyasi uchun Grammy mukofotiga sazovor boʻldi.

Khalid koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan oltita Grammy mukofoti, oltita Billboard Music Awards, uchta American Music Awards va 1ta MTV Video Music Award. 2019-yilda Khalid Time jurnalining 100 ta eng nufuzli insonlaridan biri deb topildi[2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Robinson Georgia shtatining Fort Stewart shahrida tugʻilgan[3]. U bolaligini onasi Linda Wolfe va otasining harbiy faoliyati tufayli turli joylarda, jumladan Fort Campbell Kentukki, Fort Drum Watertown, New York va 6 yil Heidelberg, Grmaniyada yashaydi[4]. Wolf taʼminot boʻyicha texnik boʻlib ishlagan va armiya korpusiga aʻzo boʼlgan. Robinson oʻrta maktabda qoʻshiq va musiqali teatr boʻyicha oʻqigan. U onasi bilan El Pasoga (Texas) koʻchib oʻtishdan oldin oʻzining birinchi uch yili Nyu-Yorkdagi Carthagen shahridagi Carthagen markaziy oʻrta maktabida oʻqigan va koʻchib oʻtgandan soʻng u yerda yuqori sinfni tamomlaydi[5].


Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ju, Shirley (February 12, 2019). „Khalid Celebrates 21st Birthday With Bash at Beverly Hills Mansion“. Variety. Qaraldi: November 10, 2020.
  2. „Khalid: The 100 Most Influential People of 2019“. TIME (ingliz (Amerika)). Qaraldi: September 22, 2020.
  3. Shifferaw, Abel „Kel Mitchell, Rachael Leigh Cook Star in Khalid's High School-Themed Video for "Young Dumb & Broke"“. Complex. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
  4. Acosta, Dave „Khalid finds his 'Location' in El Paso“. El Paso Times. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
  5. Scott Perry, "Saved" documentary, The Fader, February 2, 2017, retrieved February 7, 2017