Keyns Jon Meynard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KEYNS (Keynes) Jon Meynard (1883.5.6, Kembrij - 1946.21.4, Suseks grafligi, Tilton qishlogʻi) — ingliz iqtisodchisi, davlat arbobi, keynechilik asoschisi. Kembrij universitetini tugatgan (1906). 1908 yildan to umrining oxirigacha shu universitetda dars berdi (1920 yildan prof.), ayni paytda bir qator maʼmuriy lavozimlarda ishladi. Britaniya xazinasi xodimi (1915—19), Angliya banki direktorlaridan biri (1942 yildan), Bretton—Vuds konferensiyasida (q. Bretton—Vuds bitimi) Angliyaning bosh vakili (1944). 1912 yildan nazariy "Economic journal" ("Iqtisodiyot jurnali") muharriri boʻlgan.

Pul muomalasi va moliya, iqtisodiy oʻsish, bandlik sohalarida bir qator asarlar yaratdi ("Versal shartnomasining iqtisodiy oqibatlari", 1919; "Mister Cherchill siyosatining iqtisodiy oqibatlari", 1925; "Pul toʻgʻrisida risola", 1930 va boshqalar). K.ning asosiy gʻoyalari "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936) asarida bayon etilgan. K. bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi I va davlat iqtisodiy siyosatining asosiy tamoyillarini asoslab berdi. K. qarashlari 2-jahon I urushi va undan keyingi davrda koʻpgina Gʻarb mamlakatlari (ayniqsa, AQSH va Buyuk Britaniya)da davlat iqtisodiy siyosatining nazariy asosiga aylandi (q. Keynechilik, Neokeynschilik).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil