Keydan ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Keydan Ittifoqi (litovcha: Kėdainių unija, polyakcha: Umowa Kiejdańska) — Buyuk Litva knyazligidagibir nechta magnatlar va Shvetsiya qiroli Karl X Gustav oʻrtasida 1655-yilda bosqin(Ikkinchi Shimoliy urushning bir qismi) paytida imzolangan shartnoma. Uning maqsadi Polsha-Litva ittifoqiga barham berish va Radzivillar tomonidan boshqariladigan Buyuk Litva knyazligini Polsha-Litva Hamdoʻstligidan ajratish edi.

Deklaratsiya mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keydan ittifoqini tasdiqlovchi hujjat 12 ta moddadan iborat boʻlgan. Unga koʻra, Buyuk Litva knyazligi konfederativ huquqlarda Shvetsiyaga qoʻshilish uchun Polsha Qirolligi bilan ittifoqdan chiqishi kerak boʻlgan. Shu bilan birga, Shvetsiya qiroli Buyuk Litva knyazi unvonini ham olgan boʻlardi. U, oʻz navbatida, Litva zodagonlarining huquqlarini hurmat qilishga vaʼda bergan. Bundan tashqari, Buyuk Litva knyazligidagi nazorat tizimi oʻzgarishsiz qolishi kerak edi, qonunchilik va sud tizimi ham oʻzgarmasligi kerak, lekin Litva armiyasi Shvetsiya qiroliga boʻysunishi kerak boʻlgan. Ittifoq, shuningdek, shvedlar tomonidan hech qanday madaniy va diniy aralashuvni nazarda tutmagan.

Deklaratsiyaning dastlabki shartlari na Litva, na Shvetsiyaliklarga toʻgʻri kelmagan, shuning uchun kelishuv shartlari boʻyicha tortishuvlar ikki oy davom etgan[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Тарас А. Е.. Краткий курс истории Беларуси IX-XXI веков.