Kevin Keegan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Joseph Kevin Keegan (inglizcha: Joseph Kevin Keegan)-ingliz futbolchisi va murabbiyi.Ikki marta Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan yagona ingliz (1978, 1979).U Angliya terma jamoasi futbolchisi va bosh murabbiyi boʻlgan .

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kevin 1951-yil 14-fevralda Donkaster yaqinidagi Armtorp shahrida tugʻilgan.1968-yilda u toʻrtinchi divizionning „Skantorp“ klubida oʻynay boshladi.

1971-yilda Kevin 39 000 funt sterling evaziga "Liverpul"ga oʻtdi.Dastlab, „qizillar“ bosh murabbiyi Bill Shenkli Keeganni yarim himoyachi sifatida sinab koʻrdi, ammo tez orada futbolchini hujum chizigʻiga qoʻyd.Aynan shu lavozimda Keegan 1971-yilning 14-avgustida „Nottingem Forest“ga qarshi oʻyinda „Liverpul“ safida debyut qilgan.Oʻsha oʻyinning 12-daqiqasida Kevin Toshakning uzatmasidan keyin gol urdi, keyin esa penalti ishlab oldi.Umuman olganda, „Liverpul“da oʻynagan yillar davomida Keegan 321-rasmiy oʻyinda roppa-rosa 100 ta gol urdi, koʻplab sovrinlar va unvonlarni qoʻlga kiritdi.Keeganning „Liverpul“ uchun soʻnggi oʻyini 1976/77-yilgi mavsumda klubning birinchi Yevropa Chempionlar kubogi finaliga toʻgʻri keldi.Bu oʻyinda Kevin golli uzatmani amalga oshirdi va penalti ishlab oldi, „Borussiya Menxengladbax“ klubi esa 3:1 hisobida magʻlub etildi.

1977-yilda nemis klubi „Gamburg“ Kevinni 500 ming funt sterlingga sotib oldi.Bundesligada Angliyaga qaraganda ancha dinamik, tezroq va qattiqroq futbol oʻynashadi, shuning uchun Keegan uchun yangi muhitga moslashish oson boʻlmadi, lekin u buni uddaladi va baʼzi ziddiyatlarga qaramay, jamoa yetakchisiga aylandi, gollar urdi.1978/79-yilgi mavsumda 17 ta gol urdi va „Oltin toʻp“ni oldi (garchi Angliya 1978 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmagan boʻlsa ham).

1980-yilda Keegan Angliyaga „Sautgempton“ klubida oʻynash uchun qaytdi.Uning tarkibida Kevin 1982-yilda ikkinchi marta Angliyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

1982-yilda Keegan „Nyukasl“dan tushgan taklifni qabul qildi. Ikki mavsumda toʻpurar 48 ta gol urdi va 1982-yil 2-oktyabrda „Roterem Yunayted“ga qarshi oʻyinda futbolchi „poker“ga erishdi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keegan xalqaro debyutini 1972-yil 15-noyabrda Kardiffda Uelsga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi.Shundan so‘ng uelsliklarga qarshi yana ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi.1976-yilda ular bilan oʻyinda Keegan inglizlar sardoriga aylangandi. Britaniyaliklar 1974 va 1978-yilgi jahon chempionatlarida qatnashmagan.U terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 1982-yil 5-iyulda 1982-yilgi Jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi Madridda (0:0) oʻtkazdi.1982-yilning kuzida Keegan Daniyaga qarshi birinchi saralash oʻyinida Bobbi Robson tomonidan chaqirilmagan.Futbolchi xafa boʻlib, terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatida nafaqaga chiqqandan soʻng,Keegan TV va reklama sohasida ishlagan.1992-yil fevralda u murabbiy sifatida futbolga qaytishga qaror qildi.1992-yilda Keegan „Nyukasl“ni Premyer-ligaga olib chiqdi va 1996-yilda u ligada gʻalaba qozonishga oz qoldi.Ammo 1997-yil boshida kutilmaganda jamoani tark etdi.Oʻsha yilning sentyabr oyida Muhammad Al-Fayedning taklifiga binoan Keegan „Fulxem“ning texnik direktori lavozimini egalladi va 1998-yilda esa u ushbu jamoani boshqaradi va oʻsha paytdan boshlab bir vaqtlar zoʻr boʻlgan klubning tiklanishi boshlandi.1999-yilda Keegan Angliya terma jamoasiga ham murabbiylik qilishni boshladi, lekin terma jamoa bilan Yevropa chempionati saralashida gʻalaba qozona olmadi.Lekin pley-offda Shotlandiya magʻlub etildi va 2000-yilgi Yevropa chempionatiga terma jamoa bilan yoʻl oldi.Ammo futbol asoschilari Yevropa chempionatida hatto guruhdan ham chiqa olmadi.Keyingi saralash musobaqasining ilk oʻyinida nemislarga yutqazib qoʻygan Keegan isteʼfoga chiqdi.2001-yilda Keegan "Manchester Siti" ni boshqargan, ammo Premyer-ligaga chiqish va „ Manchester Yunayted“ ga qarshi 16 oʻyindan iborat gʻalabasiz derbi seriyasini tugatishdan tashqari, u bu jamoa bilan hech narsaga erisha olmadi.Keegan 2005-yilda „Manchester Siti“ni tark etdi va 2008-yilda „Nyukasl Yunayted“ga qaytdi.2008-yil 4-sentyabrda 57 yoshli Keegan „Nyukasl“ bosh murabbiyligidan boʻshatildi.

Futboldan tashqari faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kevin Keegan uchta qoʻshiq yozdi,Kris Norman va Pit Spenser („Smoki“) bilan yozilgan „Head Over Heels in Love“ qoʻshigʻi ingliz chatlarida 31-oʻrinni va Germaniyada 10-oʻrinni egalladi.

TV da ishlagan.

1991-yil aprel oyida giyohvandlar tomonidan talon-taroj qilindi.

Xayriya ishlari bilan shugʻullanadi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Liverpul"
"Gamburg"
Angliya terma jamoasida
Shaxsiy yutuqlari

Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Nyukasl Yunayted"
  • Premyer-ligaga koʻtarildi-1993
  • Angliya vitse-chempioni-1996,1997
  • Angliya Superkubogi finalchisi-1996
"Manchester Siti"
  • Premyer-ligaga koʻtarildi-2002
Shaxsiy

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]