Kerri Vashington

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kerri Vashington

2013-yil Vashington
Tavalludi
Kerry Marisa Washington

31-yanvar 1977-yil (1977-01-31) (46 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 1994-yil - hozirgacha
Bolalari 2

Kerri Marisa Vashington (Kerry Marisa Washington) [1] [2] (1977-yil 31-yanvarda tugʻilgan) [3] [4] [5] — amerikalik aktrisa. U ABC serialidagi "Skandal" (2012–2018-yillar)da tanazzulni boshqarish bo'yicha mutaxassis Oliviya Papa rolini o'ynagani uchun keng jamoatchilik e'tirofiga sazovor bo'ldi [6]. O'z roli uchun u ikki marta drama serialidagi eng yaxshi aktrisa uchun Primetime Emmy mukofotiga va bir marta "Eng yaxshi aktrisa" nomzodi uchun "Oltin globus" mukofotiga sazavor bo'lgan. Uning HBO telekanalidagi " Tasdiqlash" (2016-yil) siyosiy triller filmidagi Anita Xill roli va Hulu mini-serialidagi "Little Fires Everywhere" (2020-yil)dagi Mia Uorren rollari uchun har ikkalasi ijro ham mini-serialdagi eng yaxshi bosh rol aktrisasi uchun Primetime Emmi mukofoti nominatsiyalarini qo'lga kiritadi.

Vashington o‘zining “ Rey ” (2004-yil) filmidagi Della Bea Robinson, “Shotlandiyaning so‘nggi qiroli” (2006-yil) filmidagi Kay roli, 2005-2007-yillardagi “ Fantastik to‘rtlik ” filmidagi jonli harakatlari bilan Alisiya Masters va Broomhilda rollari bilan tanilgan. Shuningdek, u “Bizning qo‘shig‘imiz ” (2000-yil), “ O‘lik qiz” (2006-yil), “Ona va bola” (2009-yil), “Tun bizni qo'rshab oladi ” (2010-yil) va “ Amerika o‘g‘li ” (2019-yil) mustaqil filmlarida suratga tushgan.

2014-yildaTime jurnali Vashingtonni eng nufuzli odamlarining Time 100 roʻyxatiga kiritgan [7] . uni 2018-yilda Forbes eng ko'p maosh oluvchi sakkizinchi televideniye aktrisasi deb topadi. [8] Vashington Primetime Emmy mukofoti va beshta NAACP Image mukofotlari, shu jumladan Prezident mukofotini qo'lga kiritgan.

Boshlang'ich hayoti va ta'limi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vashington Nyu-Yorkning Bronks shahrida professor va ta'lim bo'yicha maslahatchi Valeriy va Erl Vashingtonning qizi bo'lib tug'ilgan [5] [9] [10]. Uning ota oilasi Afro-Amerikalik, Janubiy Karolinadan Bruklinga ko'chib kelgan. Uning ona oilasi esa Manxettenlik bo'lgan va Vashingtonning ta'kidlashicha, onasi "aralash irq egasi va Yamaykadan, shuning uchun u qisman ingliz, shotland va tug'ma Amerikalik, ammo Karib dengizida qul bo'lgan afrikaliklardan ham kelib chiqqan"[11] [12] [13]. U onasi tomonidan AQSh sobiq davlat tashkilot rahbari Kolin Pauellning amakivachchasi hisoblanadi [14].

Vashington Yoshlar teatri oʻsmirlar guruhida kichik ro'llarni ijro qilgan va 1994-yilda oʻrta maktabni tugatgunga qadar Manxettendagi Spens maktabida oʻqigan [15]. U Jorj Vashington universitetida o'qigan va 1998-yilda Phi Beta Kappani ikki mutaxassislik bo'yicha antropologiya va sotsiologiya bo'limlarini tamomlagan [15] [16]. U Nyu-Yorkdagi Maykl Xovard studiyasida (Michael Howard Studios) ham tahsil olgan [15].

201- yil aprel oyida Vashington 1990-yillarda Nyu-Yorkda Jennifer Lopesdan raqsga tushishni o'rganganini tasdiqladi. Jimmi Fallon ishtirokidagi "Bugungi tungi shou" da ishtirok etganida, u boshlovchi Jimmi Fallonga shunday dedi: "Men kichkinaligimdan beri uzoq vaqtdan beri raqsga tushaman. Mening Larri Maldonado ismli juda ilhomlantiruvchi o'qituvchim bor edi, chunki Bronksdagi mahallamdagi har bir kishi uchun u bizga namuna edi. . . . Va uning Jennifer ismli ajoyib o'qituvchisi bor edi, u ba'zan o'rgatib, dars berardi. Ammo, keyin u Los-Anjelesga ko'chib o'tish va "Living Color" teleko'rsatuvida ishtirok etish uchun ketdi. Shunday qilib, ha, men JLodan raqsga tushishni o'rgandim!" [17] [18]

Erishilgan mavqesi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994–2009-yillar: Boshlanishlar va Katta muvaffaqiyat[tahrir | manbasini tahrirlash]



Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vashington 2004-yilning oktyabridan 2007-yilning martigacha aktyor Devid Moskva bilan unashtirilgan edi. Lekin u 2013-yil 2-iyunda Aydaxo shtatining Xeyli shahrida NFL o'yinchisi Nnamdi Asomugaga (Nnamdi Asomugha) turmushga chiqadi[19] [20]. Ularning bir qizi va bir o‘g‘li bor[21].

U o'ziga xos esdalik yoki xotira sovg'asi sifatida, o'zi rol ijro etgan har bir qahramondan biror narsani masalan, kiyim shkafidan bron-bir buyumini yoki qahramon yashagan uydagi jihozlarni saqlashga odat qilgandi .

2013-yil 19-mayda u Jorj Vashington universitetining alma-materi uchun boshlang‘ich ma’ruzachi bo‘lib tayinlandi. O‘z ishini boshlashga ulgirmasidan unga tasviriy san’at fanlari doktori unvoni berildi [22] [23].

Faollik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Finn, Natalie „Kerry Washington & Nnamdi Asomugha's Secret Wedding—See Their Marriage Certificate!“. E! News (3-iyul 2013-yil). 10-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-sentyabr 2013-yil.
  2. Finn. „Kerry Washington & Nnamdi Asomugha's Secret Wedding—See Their Marriage Certificate!“. E! News (3-iyul 2013-yil). 10-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-sentyabr 2013-yil.
  3. „On This Day“. The New York Times (31-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 6-avgust 2009-yil.
  4. Finn. „Kerry Washington Is a Mom! Check Out Baby Isabelle Amarachi Asomugha's Birth Certificate“. E! News (2-may 2014-yil). 26-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-may 2016-yil. Sidebar: Certificate of Live Birth: Isabelle Amarachi Asomugha (County of Los Angeles Department of Public Health). Gives Kerry Washington birth date. Archived from the original on May 2, 2016.
  5. 5,0 5,1 Note: FilmReference.com states "Born January 5, 1977 (some sources cite 1975)…." at „Kerry Washington Biography (1977?- )“. 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-may 2016-yil.
  6. Bricker. „ABC picks up 'Charlie's Angels,' 'Good Christian Belles' and ten more“ (13-may 2011-yil). 5-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-oktyabr 2012-yil.
  7. „Kerry Washington 2014 Time“. 25-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-aprel 2014-yil.
  8. Robehmed, Natalie. „Highest-Paid TV Actresses 2018: Sofia Vergara Tops Ranking Again With $42.5 Million“. Forbes (25-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  9. Stein, Ruthe. „Washington's 'Mother' instinct“. The San Francisco Chronicle (9-may 2010-yil). Qaraldi: 21-sentyabr 2010-yil.
  10. Collins, Lauren. „Kerry Washington: Politics and Shabu Shabu“. New York Times (24-oktyabr 2004-yil). Qaraldi: 16-noyabr 2012-yil.
  11. Curtis, Nick. „Kerry Washington on making Quentin Tarantino's Django Unchained“. Evening Standard (16-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 17-may 2013-yil.
  12. „So Who Knew? Washington Connects The Dots“. Jamaica Observer (14-oktyabr 2012-yil). Qaraldi: 16-noyabr 2012-yil.
  13. Powell, Kevin. „Kerry Washington: Woman on Top“. Ebony (9-may 2013-yil). Qaraldi: 17-may 2013-yil.
  14. Leive, Cindi. „Kerry Washington Talks Her New Marriage, Scandal Style, and Her Real-Life Gladiators in Glamour's October Issue“. Glamour (3-sentyabr 2013-yil). Qaraldi: 14-noyabr 2013-yil.
  15. 15,0 15,1 15,2 „About Kerry Washington“. Yahoo! Movies. 10-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-oktyabr 2012-yil.
  16. Natasha. „INSIDE Black Girls Rock! Red Carpet Arrivals & What You Can Expect From The Show“. The YBF (15-oktyabr 2012-yil). Qaraldi: 16-noyabr 2012-yil.
  17. Park. „Kerry Washington Reveals Jennifer Lopez Was Her Dance Teacher Growing Up: 'Cause We're From the Block!'“. PEOPLE.com (9-aprel 2016-yil). 8-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-aprel 2017-yil.
  18. Lindig. „Kerry Washington Learned Her Dance Moves from a Legend“. ELLE (9-aprel 2016-yil). 8-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-aprel 2017-yil.
  19. „Kerry Washington weds pro athlete Nnamdi Asomugha“. CBS News (3-iyul 2013-yil). 7-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-iyul 2013-yil.
  20. Lee. „Nnamdi Asomugha secretly weds 'Scandal' star Kerry Washington - UPI.com“. upi.com (2013). 9-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-iyul 2013-yil.
  21. Morris. „How many kids does Kerry Washington have?“ (en). Metro US. Metro Media US (29-oktyabr 2018-yil). — „She has three: A stepson named Blake, another son named Caleb and one daughter named Isabelle.“. 29-oktyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-oktyabr 2018-yil.
  22. Newcomb, Alyssa. „Kerry Washington: 'Scandal' Star Shares Memories From Her College Years“. ABC News (19-may 2013-yil). Qaraldi: 20-may 2013-yil.
  23. „Kerry Washington at GWU commencement: Grads must be 'heroes of own lives'“. washingtonpost (19-may 2013-yil). Qaraldi: 20-may 2013-yil.