Kerenina Sunny Halim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kerenina Sunny Halim
Kerenina Miss Indonesia 2009
telekoʻrsatuvida paydo boʻldi.
Tugʻilgan
Kerenina Sunny Halim
(1986-06-13)
1986-yil 13-iyun (yoshi 36)
Sarlavha Miss Indoneziya 2009

Kerenina Sunny Halim — model (shuningdek, Karenina nomi bilan mashhur boʻlgan, 1986-yil 13-iyunda Jakartada tugʻilgan), 2009-yilda Indoneziya goʻzali unvonini qoʻlgan kiritgan (DKI Jakarta). U oʻsha yilning noyabr-dekabr oylarida Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan „Dunyo goʻzali 2009“ tanlovida ham Indoneziyani himoya qilib bu tanlovda ishtirok etadi.

Kereninaning naslida aralash millatlar mavjud, onasi AQSHning Montana shtatidan va otasi Indoneziyaning Bandung shahridan, uning besh aka-ukasi bor va olti farzandli oilaning toʻrtinchi farzand hisoblanadi[1][2].

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kerenina birinchi yillaridan boshlab maktabdan tortib xattoki oʻrta maktabni bitirgunga qadar xristian maktab-internatida oʻqigan edi, oʻsmirlik davrida Indoneziya arxipelagidagi bir nechta gumanitar loyihalarda faol ishtirok etib kelgan. 22 yoshida Kerenina marketing, bolalik psixologiyasi va oʻrgatish, uy iqtisodiyoti va zamonaviy sanʼat kabi sohalarda uzoq masofali sertifikatlarga ham ega boʻlgan edi[3], ularning barchasi uzoq masofali taʼlim muassasasi boʻlgan Xristian Kasb-hunar akademiyasi tomonidanbilim darjasi va salohiyatini hisobga olgan holda berilgan[4].

Oʻrta maktabning soʻnggi yilida Kerenina Bali shtatining Denpasar shahrida yashaganida sahna sanʼati kursini tamomlashga ulgirgan. U bir nechta tanlovlarda ishtirok etgan zamonaviy sanʼat raqs guruhi bilan chiqishlar qiladi va 2001-yilda Jakartadagi sanʼat festivalida birinchi oʻrinni egalladi. Bundan tashqari, u baraban boʻyicha musiqa kursini ham oldi va vokal darslarida qatnashdi. Kollejning birinchi yilini u Hindistonda bir yil oʻtkazadi va u yerda kar bolalar uchun maktab ochishga yordam ham bergan. U bundan tashqari, New-Dehlidagi ayollar tuzatish institutida ayollar huquqlarini mustahkamlashda faollik koʻrsatib huquqlarini himoyalab kelgan[4].

Ishga qabul qilishning dastlabki yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karenina 21 yoshida oʻzi mustaqil ravishda koʻchib oʻtadi va keyingi ikki yil davomida Jakarta, Sekolah Mentari shahridagi maktabda xarakterni shakllantirish va bolalar psixologiyasi kabi fanlardan maktabda dars berib keldi[4]. Kerenina, shuningdek, boʻsh vaqtini turli xil telereklamalar va modellashtirish ishlari bilan, masalan, moda koʻrgazmalarida podiumlar va moda jurnallari uchun suratlarni tarqatish bilan oʻtkazgan edi. 2009-yil aprel oyida u „Miss Indoneziya-2009“ tanlovida ishtirok etib koʻradi va „Miss Indoneziya-2009“ unvoni uchun kurashadigan 33 nafar finalchilardan biri sifatida tanlanib olinadi. Kerenina DKI Jakarta vakili etib saylandi va boshqa 32 finalchi bilan birgalikda musobaqaning katta final tadbiri oldidan ikki haftalik karantinga tayyorgarlik dasturini boshlab yuboradi. Kerenina unvonni qoʻlga kiritishga ham erishadi va 2009-yil 5 iyunda boʻlib oʻtgan katta final tadbirida „Miss Indoneziya 2009“ unvoniga sazovor boʻladi.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kerenina hozirda yosh ayol va tadbirkor boʻlib, Indoneziya atrofidagi kam taʼminlangan bolalar uchun taʼlim va sogʻliqni saqlashga qaratilgan bir qancha xayriya va gumanitar tashkilotlarda faol[5].

Kerenina OYA Clinics Indonesia kompaniyasining asoschisi va hamkori boʻlib[6][7]. Janubiy Jakartaning Taman Sari Semanggi shahrida joylashgan va Yayasan Rumah Sakit MH Thamrin tibbiy litsenziyasi ostida faoliyat yurituvchi Tibbiyot va Sogʻliqni saqlash klinikasi[6][7].

Dastlabki yillardagi gumanitar yordam dasturlari va xayriya loyihalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kerenina kollejning birinchi yilini Hindistonda oʻtkazadi va u uerda kar bolalar uchun maktab ochishga yordam berib yordamini ayamaydi. U, shuningdek, New-Dehlidagi ayollar tuzatish institutida ayollar huquqlarini mustahkamlashda eng faol va asosiy rol oʻynabgina qolmay juda ham koʻp yordam beradi[8]. Keyin Kerenina Indoneziyaga qaytib keldi va Ambon shahridagi tartibsizliklar va fuqarolar urushidan keyin, Ambondan koʻchirilgan bolalar uchun Markaziy Yavaning Solo shahrida maktab va yashash markazini qurishga yordam berdi, bu yerda bolalarning aksariyati ularning oilasidan ota-onalarini yoki bir nechta aʼzolarini yoʻqotgan edilar.

Gumanitar yordam tashkilotlari va xayriya fondlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kerenina Yayasan Letʼs Share Indonesia kompaniyasining hammuassisi hisoblangan edi[9][10]. 2014-yilda Kerenina va uning yana ikki nafar hamkori tomonidan tashkil etilgan xayriya tashkilotidir. Yayasan Letʼs Share kompaniyasi Indoneziyaning Jakarta shahrida joylashgan boʻlib, butun Indoneziya boʻylab taʼlim va sogʻliqni saqlashni taʼminlashga qaratilgan[9][10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Noorastuti. „Miss Indonesia 2009 Adik Steve Emmanuel“. Viva.co.id (2009-yil 6-iyun). Qaraldi: 2009-yil 10-iyun.
  2. Yanuar. „Steve Emmanuel Dukung Adiknya Sabet Mahkota Miss Indonesia 2009“. Okezone.com (2009-yil 4-iyun). Qaraldi: 2009-yil 10-iyun.
  3. „Kerenina Sunny Halim Official Website“. 2013-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Christian Vocational Academy“. 2010-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-oktyabr.
  5. „Mantan Relawan Tsunami Jadi Miss Indonesia“. Acehkita.com (2009-yil 6-iyun). Qaraldi: 2009-yil 10-iyun.
  6. 6,0 6,1 „Body Shaping, Non-Surgical Facelifts & Anti Aging Clinic“ (en). Oya Clinics. 2019-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.
  7. 7,0 7,1 „@oyaclinicsindo • Instagram photos and videos“ (en). www.instagram.com. Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.
  8. „Karenina Sunny Halim : Miss Indonesia 2009“. Cumicumi.com (2009-yil 6-iyun). 2015-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 10-iyun.
  9. 9,0 9,1 „Let's Share (@lets_share.id) • Instagram photos and videos“ (en). www.instagram.com. Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.
  10. 10,0 10,1 „LETS SHARE“. letsshareindonesia.or.id. 2019-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.