Keramzit-beton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Keramzit-beton - yengil beton turi; toʻldirgich sifatida keramzit, qovushtirgich sifatida sement, gips, sintetik smolalardan foydalaniladi. K-b.ning issiqlikdan izolyasiyalovchi, konstruktiv-izolyasiyalovchi va konstruktiv xillari bor. Ularning hajmiy massalari 350 — 1800 kg/m3, qisilishga mustahkamligi 0,5 — 50 MPa. K-b.dan bino va inshootlarning koʻtaruvchi va toʻsuvchi qurilmalari (konstruksiyalari) tayyorlanadi, shuningdek, kemasozlikda ham ishlatiladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil