Kepakxon Ibn Duvaxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kepakxon Ibn Duvaxon, Kabakxon, Kebekxon, Kebek (? — 1326) — Chigʻatoy ulusining xoni (1309 va 1318—26). Mamlakatni harbiy-maʼmuriy tumanlarga bulib idora etish tartibini joriy qilgan. K. pul islohoti ham oʻtkazib, muomaladagi har xil pullarning oʻrniga Oltin Oʻrdaniki singari kumush tangalarni zarb qildirgan. Ular kepaki deb yuritilgan. Nasafdan 2 farsax (12—14 km) narida saroy qurdirgan. Keyinchalik bu saroy yonida shahar barpo etilib, Qarshi (mugʻulcha — saroy) deb atalgan. Poytaxt Nasafdan Qarshiga koʻchirilgan. Mirzo Ulugʻbekning yozishicha, Chingizxon davridan buyon harobaga, qamishzorga aylangan Qubbatul-islom-Balx yana qayta tiklangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Mirzo U l u gʻbe k, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil