Kene Fransua

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Tableau economique, 1965

KENE (Quesnay) Fransua (1694.4.6, Mer, Parij yaqinida — 1774.16.12, Versal) — fransuz iqtisodchisi, fiziokratlar maktabi asoschisi. Tibbiyot d-ri (1744), qirol Lyudovik XV saroyida saroy vrachi boʻlgan. Tibbiyot va biol.ga oid asarlar yaratgan. 60 yoshida bevosita iqtisodiyot muammolari bilan shugʻullandi. K.ning don narxlari va soliqlarga bagʻishlangan dastlabki iqtisodiy maqolalari ("Fermerlar", "Don", "Soliqlar") D.Didro ensiklopediyasida bosilib chiqqan. Bu maqolalarda u Fransiya q.x. va Lyudovik XV iqtisodiy siyosatining ziddiyatlarini koʻrsatib beradi hamda q.x. ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritish usullarini oʻzgartirish gʻoyasini olgʻa suradi. U oʻzining iqtisodiy dasturini keng umumlashtirilgan tarzda "Dehqonchilik davlati iqtisodiy siyosatining umumiy prinsiplari va ular toʻgʻrisidagi mulohazalar" (1758) asarida bayon qiladi. Bu asarida yer boylikning yagona manbai degan oʻzining asosiy gʻoyasini asoslaydi. "Xitoy despotizmi" asarida harajatlardan tashqari (chegirib) yaratilgan yangi boylik ("sof mahsulot") toʻgʻrisida fiziokratik taʼlimotni yaratadi. "Savdo toʻgʻrisida" asarida (1765 y.) merkantilizm maktabi qarashlarini tanqid qilib, boylikning savdoda, ayirboshlash jarayonida vujudga kelmasligini asoslaydi.

K. 1758 y.da asosiy va eng muxim asari — "Iqtisodiy jadval"ni chop etib, takror i.ch. nazariyasiga asos soldi. Ushbu jadvalda jamiyat 3 sinfga: yer egalari (hech narsa yaratmaydigan sinf); mulkdor sanoatchilar; ishlab chiqaruvchi dehqon (fermer)lar sinfiga boʻlinadi. Shuningdek, xalq xoʻjaligi q.x.dan va bu soha mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoatdan iborat deb qaraladi, q.x.da yaratilgan maqsulot sanoatda qayta ishlanadi va ular jamiyatdagi sinflar oʻrtasida qayta taqsimlanadi, isteʼmol qilinadi. "Sof mahsulot" faqat q.x.da yaratiladi va jamiyatdagi sinflar oʻrtasida taqsimlanadi. Ushbu jadvalda birinchi marta makroiqtisodiyot darajasida natural, tovar shaklidagi moddiy neʼmatlar va pul daromadlari oqimi tahlil qilingan. K.ning yana bir xizmati iqtisodiy tahlilning jadval usulini yaratganligi hisoblanadi. K. oʻz tadqiqotlarida "tabiiy tartib" konsepsiyasi (erkin savdo, narx, rakrbat, xususiy mulk, kapitalistik tizim)ga asoslanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Razzoqov A. va b., Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 1997; Anikin A.V., Yunost nauki. Jizn i idei misliteley-ekonomistov do Marksa, M., 1979.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil