Kontent qismiga oʻtish

Ken Topalian

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ken Topalian
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud sanasi 1963-yil 5-iyul (1963-07-05) (63 yosh)
Pawtucket, Rod-Aylend
Sport
Mamlakat Armaniston
Qaysi sport Bobsley

Ken Topalian (1963-yil 5-iyul tugʻilgan) – amerikalik bobsleychi[1]. U 1994-yilgi Qishki Olimpiadada Joe Almasian bilan birga juftlik bahslarida Armaniston sharafini himoya qilgan[2]. Ular Armaniston nomidan Olimpiadada ishtirok etgan ilk sportchilar boʻlishgan[3][4].

Topalian 1963-yilda Rod-Aylend shtatining Pawtucket shahrida tugʻilgan. U oʻz shahridagi avtomobil ustaxonalaridan birida ishlagan va Rhode Island Universitetida tahsil olgan.

1991-yilda Armaniston mustaqillikka erishganidan uch yil oʻtib, Topalian va Joe Almasian bobsley boʻyicha jamoaviy bahslarda mamlakati sharafini himoya qilgan. Ular ikkisi ham bobsleyni oʻrganish uchun Lake Placiddagi tayyorgarlik markaziga qatnashganlar, u yerda AQSh sharafini Olimpiadada himoya qilgan Jim Hickey tomonidan mashgʻulotlar olib borilgan. Ular har hafta oxirida kuniga uch soat mashq qilishgan, mashgʻulotlar jarayonida esa 1960-yillardan qolgan bobsley anjomlaridan foydalanishgan. Olimpiadaga ishtirok eta olish uchun, ikkovi ham Armaniston fuqaroligini olishgan va beshta xalqaro musobaqada qatnashganlar[1][3][5].

1994-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlari boshlanishiga uch haftadan kam vaqt qolganda, Topalian va Joe Almasianga Armaniston hukumati tomonidan o‘yinlarda qatnashish uchun ruxsat berildi. Ular 1994-yilgi Qishki Olimpiadada Armanistonni vakillik qilgan yagona sportchilar bo‘lishdi. Ikki kishilik bobsley musobaqasida yetti jamoani ortda qoldirgan holda ular 36-o‘rinni egalladilar. Ushbu oʻyinlardan so‘ng ularning hech biri ushbu musobaqalarda boshqa qatnashmagan, shuningdek, ular Armanistonni ham tark etishgan[6].

  1. 1 2 „Ken Topalian“. Olympedia. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  2. „Joe Almasian Olympic Results“. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-aprel.
  3. 1 2 „Westford man's Olympic experience was one remarkable journey“. Lowell Sun. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  4. „Olympic Flame Still Burns with Almasian“. Armenia Weekly. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  5. „Two U.S. Bobsledders Make Armenia Proud“. Tulsa World. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  6. „Hitching a ride on dreams and a prayer: Armenia's bobsled team“. ACCC.org. 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.