Kemping

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kemping (ing . camping) — avtomashinalarda sayohat qiluvchilar uchun chodirli yoki yengil tipda qurilgan uylari va avtomobillar turadigan joylari (bevosita chodirlar oldida yoki umumiy maydonchada) bor yozgi oromgoh. K.da yotoqxona (2—4 kishiga), oshxona, dushxona, yuvinish xonalari, roʻzgʻor buyumlarini ijaraga beradigan joy, avtomobillarni yuvish joyi va b. boʻladi. Baʼzan K. sport va raqs tushish maydonchalari, kino zali, aloqa boʻlimi va doʻkonlarni oʻz ichiga oladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil