Kembriy togʻlari
Kembriy togʻlari, Uels togʻl a r i — Buyuk Britaniyadagi togʻlar, Uels yarim orolda. Uz. 150 km. Koʻp qismining bal. 500—700, eng bal. joyi 1085 m (Snoudon togʻi). Togʻ-muz relyefli alohida marza doʻngliklar koʻtarilib qolgan qator yassitogʻlardan iborat. Asosan, vulkan jinslaridan, shuningdek, slanets, ohaktosh, qumtoshlardan tarkib topgan. Daryo va koʻl koʻp. 400— 600 m balandlikkacha keng bargli oʻrmonlar, oʻtloqlar, balandroqda torf va vereskzorlar bor. Toshkoʻmir, polimetall rudasi konlari topilgan. Kembriy sistemasi (davri)ga oid choʻkindi jinslar va qazilma organizmlar dastlab K.t.da oʻrganilgan. Rezervatlar tashkil etilgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |