Kelly Pavlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kelly Pavlik
Statistikasi
Asl ismi Kelly Robert Pavlik
Laqabi
  • The Ghost
  • The Express
Vazni Middleweight
Millati Amerikalik
Tavalludi 5-aprel 1982-yil (1982-04-05) (42 yosh)
Youngstown, Ohio, U. S.
Uslubi Orthodox

Kelly Robert Pavlik (1982-yil 5-aprelda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional bokschi, 2000-yildan 2012-yilgacha musobaqalarda qatnashgan. U 2007-yilda Jermain Taylorni magʻlubiyatga uchratib, WBC, WBO, Ring jurnali va oʻrta vazn toifasidagi unvonlarni qoʻlga kiritadi va 2010-yilda Sergio Martinezga yutqazishdan oldin uchta muvaffaqiyatli himoyani amalga oshiradi.

Avvalgi hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

"The Ghost" nomi bilan tanilgan Pavlik Ogayo shtati Youngstownning janubiy tomonida, anʼanaviy etnik slovaklar yashaydigan Lansingvil mahallasida oʻsgan[1]. 2000-yilda Lowellville oʻrta maktabi va Mahoning okrugi qoʻshma kasb-hunar maktabini tamomlagan edi[1]. Pavlik butun faoliyati davomida Youngstownning South Side Boxing Gym vakili Jack Loew tomonidan, ularning koʻmagi asosida mashq qilib kelgan. Mahallasiga sodiqligi, beozor turmush tarzi uni boks olami ichida ham, tashqarisida ham maqtovga sazovor bo‘lshiga sabab boʻldi[2].

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pavlik 2000-yilda professionalga aylanadi va 2005-yil 7-oktyabrda boʻsh boʻlgan NABF oʻrta vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun Fulgencio Zúñiga bilan raqobatlashishdan oldin birinchi 26 jangida gʻalaba qozondi. Zúñiga birinchi raundda nokdaun qildi, ammo Pavlik tezda tiklanib oldi va jangning qolgan qismida ustunlik qila boshladi. Toʻqqizinchi raunddan soʻng uning oʻng koʻzi tomoni kesilib ketadi va uning burchak jangni toʻxtatadi.

Texnik nokaut[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil 7-iyulda Pavlik oʻzining oʻrta vazn toifasidagi NABF chempionlik unvonini birinchi himoyasida oltinchi raundda texnik nokaut bilan sobiq WBO chempioni Bronko McKartni magʻlub etdi. Toʻrtinchi raundda Pavlikning ikkala qoʻlqoplari bilan tegib ketadi, McKart nokdaun qildi. Hakam jangni toʻxtatgunga qadar Pavlik oltinchi raundda Mckartni ikki marta yiqitdi.

Pavlik bilan Espino jangi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pavlik 2009-yil 19-dekabrda Youngstown shtat universiteti kampusidagi Beeghly markazida The Contender bitiruvchisi Miguel Espino bilan jang qiladi va beshinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozonishga ulgirdi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻrta vaznda boks boʻyicha chempionlar roʻyxati;
  • WBC jahon chempionlari roʻyxati;
  • WBO boʻyicha jahon chempionlari roʻyxati;
  • The Ring jahon chempionlari roʻyxati.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Kovach, John. „Family, friends and fans give boxer a "boost"“. The Vindicator (2007-yil 26-sentyabr). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
  2. Hamill, Sean. „The Pride of Youngstown: Kelly Pavlik Stayed and Fought“. New York Times (2008-yil 4-iyun). Qaraldi: 2008-yil 8-noyabr.
  3. „Pavlik stops Espino in five, still wants Williams“. 2009-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]