Keles (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Keles
shahar
41°24′12″N 69°12′24″E / 41.40333°N 69.20667°E / 41.40333; 69.20667 G OKoordinatalari: 41°24′12″N 69°12′24″E / 41.40333°N 69.20667°E / 41.40333; 69.20667 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Toshkent tumani
Aholisi
25 214
Vaqt mintaqasi UTC+5
Keles xaritada
Keles
Keles
Keles xaritada
Keles
Keles

Keles — Toshkent viloyatidagi shahar (1949-yildan), Toshkent tumani markazi (2011-yilgacha). 2011-yildan Toshkent viloyatidagi ikki: Toshkent va Zangiota tumanlari birlashtirilganidan buyon, Keles ikkala tumanning maʼmuriy markazi xisoblanib keladi. Ammo baʼzi huquq organlari Eshonguzar (avvalgi Zangiota tumani markazi)da faoliyat yuritib, bir tumanda ikki hokimlikni yuritib kelmoqda. Keles daryosining chap sohilida, Toshkent shahri chekkasidan 2 km shim.-gʻarbda, Toshkent — Sariyogʻoch temir yoʻl yoqasida. Temir yoʻl stansiyasi (Keles).

Aholisi 28,9 ming kishi (2001), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi. Maydon 12,9 km2. Shahar nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida tarixchi, geograf, toponimist va tilshunos olimlarning gipotezalari mavjud. Mas: turkiycha kele— qalʼa (N.Baskakov); yoki keli — til va su yaʼni tilga oʻxshash daryo (Ye. Qoʻychiboyev). Adabiyotlarda Kelesning Qalos, Kalas variantlari ham bor.

Shaharda junga ishlov berish, parrandachilik fabrikalari, bir qancha qoʻshma hamda xususiy korxonalar, gʻisht, vino zavodlari mavjud. Tuman hokimiyati, „Savdogarbank“ binolari, dehqon bozori, avtomobillarga xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 6 umumiy taʼlim, biznes maktablari, „Keles“ markaziy stadioni, markaziy kutubxona, „Shon-shuhrat“ muzeyi bor. Tez tibbiy yordam koʻrsatish shoxobchasi, akusherlik va ginekologiya boʻlimi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasi aholiga xizmat koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Keles (shahar)" OʻzME. K-harfi (Wayback Machine saytida 2020-06-09 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil